Bookeen Cybook Ocean – quyoshdan zaryadlanadigan rider

Bookeen Cybook Ocean – quyoshdan zaryadlanadigan rider

Bookeen kompaniyasi riderlarni quvvatlashga mo‘ljallangan quyosh batareyalari o‘rnatilgan muqovalarni sotuvga chiqardi. Hozircha yangi aksessuar Cybook Ocean rideriga ilova qilinmoqda.

Muqovaning tashqi tarafi daraxt barglarini eslatuvchi shakllar bilan bezatilgan. Muqovani 1 soat quyoshda quvvatlash orqali riderdan 30 daqiqa davomida foydalanish mumkin bo‘ladi. Bunday texnologiya rider foydalanuvchilariga qurilmani zaryadlash muammosidan xalos etadi. Ayniqsa, turli safarlar paytida muqova juda qo‘l kelishi tabiiy.

Cybook Ocean rideri haqida gapiradigan bo‘lsak, u 8 dyuymli 1024 x 768 piksel aniqligidagi E Ink displeyiga ega. Riderga sensor va yaxshi yortiilmagan sharoitda o‘qish uchun FrontLight texnologiyasi tatbiq etilgan.

rd1

Rider ePub, PDF Adobe DRM, HTML, Txt, FB2, DJVU, a takje izobrajeniyami JPEG, PNG, GIF, BMP, ICO, TIF, PSD formatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. U 4 GB doimiy xotira, Wi-Fi (802.11b/g/n) adapteri va 2100 mA/st sig‘imidagi batareya bilan ta’minlagan.

Cybook Ocean riderini 190 yevroga, Bookeen muqovasini esa 60 yevroga sotib olish mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!