BOOTCAMP’DA DASTURLAShNI O‘RGANING

  •   DiMaX
  •  2432
  •  10.07.2019 16:52

BOOTCAMP’DA DASTURLAShNI O‘RGANING

Personal Development Process Axborot texnologiyalari akademiyasi tomonidan tashkil etilgan BootCamp loyihasi – veb dasturlash bo‘yicha eng asosiy bilimlarni chuqur o‘rgatishga qaratilgan, O‘zbekistonda ilk marotaba yo‘lga qo‘yilgan maxsus zamonaviy ta’lim dasturidir. BootCamp bitiruvchisi malakali hamda yuqori haq to‘lanuvchi veb dasturchi bo‘lib, ushu yo‘nalishda xalqaro talablar darajasidagi loyihalarda bemalol ishlay oladi. Bunday fikrlarni ishonch bilan bayon qilayotganligimiz sababini quyidagi ma’lumotni o‘qigach bilib olasiz.

Universitetlardagi an’anaviy ta’lim bilan taqqoslanganda, BootCampda o‘qish muddati 10 oy davom etadi va veb dasturlash bo‘yicha chuqur bilim beriladi. E’tiborli tomoni, maxsus texnik dastur ahamiyatsiz barcha narsalarni chetga surib, ta’lim rejasini aniq maqsadga yo‘naltirilgan eng muhim bilimlarni o‘rgatish bilan qisqartiradi. Natijada, BootCampda dasturchi mutaxassisligini egallash va shu sohada ish boshlashga ancha qisqa vaqt ichida erishiladi. Bu esa talabalarga yuqori maoshli ish topishlari uchun ajoyib imkoniyat demakdir. BootCamp kurslari 10 oy davom etadi va haftada 5 kun 5 soatdan olib boriladi. Shu o‘rinda dasturchilik kasbiga ham kengroq izoh berib ketsak maqsadga muvofiq bo‘ladi.

DASTURChI KIM?

Dasturchi – bugungi kunda barcha sohada kerak bo‘ladigan mutaxassisdir.

Dasturchi – axborot va kompyuter texnologiyalari davrida eng zamonaviy etakchi kasb egasidir.

Dasturchi – mehnat bozorida yuqori daromad to‘lanuvchi mutaxassisdir. Misol uchun, dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatiga qarash shart emas, oddiy ish e’lonlariga ham qarasangiz bo‘ladi, ularga ish haqi boshqalariga nisbatan yuqoriroq taklif qilinadi.

Dasturchi – diplom qat’iy talab qilinmaydigan kasblardan biridir. Agar uning bilimi haqiqatda kuchli bo‘lsa yoki qaysidir texnologiyalarni yaxshi bilsa, ishga kirishda oliy ma’lumot haqida diplomining yo‘qligi muammo bo‘lmaydi. Bemalol xususiy kompaniyalarda ish topib faoliyat yuritishi mumkin.

Dasturchi – vaqt va joy tanlamasdan ishlaydigan kamyob kasblardan biri. Xohlasa kechasi, xohlasa kunduzi ishlashi mumkin. Buyurtmalarni boshqa davlatdan online olishi, xohlasa ofisda yoki uyida, o‘ziga qulay joyda ishlash imkoniga ega mutaxassis. Buning uchun unga oldida noutbuk bo‘lsa kifoya.

BOOTCAMP NIMA?

BootCamp bu – chuqur va intensiv ta’lim bo‘lib, unda asosiy e’tibor aniq bir yo‘nalishga qaratiladi hamda shu yo‘nalishga aloqador bo‘lmagan boshqa qo‘shimcha narsalarga chalg‘imasdan ilm olishga harakat qilinadi.

Coding (dasturlash)ni o‘rgatish bo‘yicha BootCamp bu – ish beruvchilar yoki ishga tayyorlovchilarning yangi xodimlarga dasturlashni o‘rgatuvchi va qobiliyatini shakllantiruvchi texnologik ta’lim dasturi hisoblanadi. Coding BootCampda dasturlashning eng muhim jihatlariga e’tibor qaratiladi va o‘rganuvchilarga kod yozishni, dasturlash orqali real hayotiy muammolarini hal qila olishni o‘rgatadi. BootCampda o‘quvchilarga real va katta veb loyihalarda ishtirok etish uchun kerakli bo‘lgan bilimlarni qisqa vaqt ichida to‘liq, batafsil o‘rgatish asosiy maqsad hisoblanadi. Natijada, belgilangan muddat ichida yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi va ular katta loyihalarda ishtirok etish darajasiga olib chiqiladi.

Dasturlashni o‘rgatish BootCamplari 2011 yildan boshlab paydo bo‘lib, rivojlana boshlagan. Dasturiy ta’minot yaratishni tezlashtirish maqsadida kompaniyalar qisqa muddatlarda o‘zlari uchun kadrlar tayyorlashga ehtiyoj sezdi va BootCamplar tashkil qilina boshladi. BootCamplar aniq bir yo‘nalishda konkret masalalarni hal qiladigan mutaxassislarni qisqa muddatda tayyorlay olishi bilan universitetlarga raqobat qiladigan imkoniyatlarga erishdi. Xususan, dasturlashni o‘rganishda bu usul yaxshi natijalar ko‘rsatmoqda.

2017 va 2018 yilgi ma’lumotga ko‘ra AQShda 95 ta Coding BootCamp tashkil qilingan. O‘quv kurslar har xil muddatda, 8 haftadan 36 haftagacha davom etgan. Bugungi kunda AQShda BootCamplarda o‘qish narxlari 9000 dan 21000 gacha AQSh dollarida baholanmoqda.

O‘zbekistonda PDP Axborot texnologiyalari akademiyasida ilk bor dasturlashni o‘rgatish bo‘yicha BootCamp dasturi tashkil qilindi va hozirga qadar muvaffaqiyatli davom etmoqda.

NEGA BOOTCAMP MUHIM?

Biz texnologiyalar rivojlanib borayotgan davrda yashayapmiz. Vaqt eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Biror mutaxassislikni o‘rganish uchun 4 yil universitetda o‘qish, kontrakt to‘lovini to‘lash talab qilinishi bilan birga asosiy mutaxassislikni egallash uchun zarur bo‘lmagan fanlar va mavzularni ham o‘rganish vaqtingizni oladi. BootCamp asosida sizga aynan mutaxassis sifatida ishlatadigan, zarur mavzular o‘rgatiladi. Chunki, kelgusi mehnat jarayonida sizga o‘z ishingizni yaxshi bilganingiz uchun pul to‘lanadi. Biz sizga taklif qilayotgan ta’lim usulida qisqa vaqtda to‘liq mutaxassisga aylanasiz. Mutaxassislikni egallagach, moliyaviy va mehnat sharoitingizga qarab xohlagan vaqtingizda universitetga o‘qishga kirishingiz mumkin. Dasturlashni o‘rganib keyin oliy ta’limga o‘qishga kirish kontrakt to‘lovi uchun mablag‘ topishning eng optimal echim o‘ladi, deyish mumkin.

BOOTCAMP’DA O‘QISh UChUN NIMALAR TALAB QILINADI?

BootCamp guruhlariga 16 yoshdan yuqori bo‘lgan, kamida o‘rta ta’lim ma’lumotiga ega, kompyuterdan foydalanishni biladigan, ingliz tilidan boshlang‘ich bilimga ega xohlovchilar qabul qilinadi. Talabaning o‘zida shaxsiy noutbuk bo‘lishi talab etiladi.

Biz sizga taklif qilayotgan ta’limda veb dasturlash yo‘nalishida to‘liq dasturchi (Full stack developer) bo‘lish imkoniyati mavjud. Buning uchun avval bir hafta davomida sizda dasturchi uchun talab qilinadigan harakter va minimum bilimlar borligi tekshiriladi. Yani mavzularni sabr bilan o‘rganish, tirishqoqlik, ingliz tilini bilish darajasi (dasturlash tillari, texnologiyalari ingliz tilida ishlagani tufayli, ingliz tilini kamida boshlang‘ich darajada bilish talab etiladi), kompyuterda ishlash qobiliyati o‘rganiladi.

O‘RGANILADIGAN TEXNOLOGIYaLAR VA TILLAR

Front-end Development: HTML, CSS, Bootstrap, Sass, JavaScript, jQuery, jQuery plugins, Gulp;

Back-end Development: Java Core, Java OOP, Java Advanced, Node JS texnologiyalari;

Database Development: Oracle, PL SQL Developer, PostGreSql, MongoDb;

Spring texnologiyalari: Java JSP, Java Servlet, Java JDBC, Java JSTL, Spring MVC, Spring JPA, Spring Boot, Spring Security, Spring Web Services;

BOOTCAMPDA O‘QUV JARAYoNI QANDAY TAShKIL ETILADI?

Full stack development o‘quv rejasi:

Davomiyligi: 40 hafta;

Guruh sig‘imi: 25 talaba (bir guruhda);

Ta’lim tili: O‘zbek tili;

Darslar vaqti: Haftada 5 kun, 5 soatdan (25 soat)

BOOTCAMP’DA O‘QUV KURSINING NARXI VA TO‘LOV ShARTLARI

Birinchi sinov haftasi uchun 200 000 so‘m. Sinov haftasidan keyin o‘zlashtirib keta olsangiz sizga to‘lov shartnomasi beriladi. 40 hafta uchun jami 10 mln. so‘m.

Narx qimmat tuyulishi mumkin, lekin, quyidagilar bilan solishtirib ko‘ramiz:

Birinchi misol, universitetda 4 yil davomida 8700000 so‘mdan jami 34800000 so‘m kontrakt to‘lab dasturlashni boshlang‘ich darajada o‘rganib chiqasiz.

Ikkinchi misol, qisqartirilgan, ya’ni haftasiga 3 yoki 2 kun 2-3 soatdan dasturlashni o‘rgatadigan o‘quv kurslarining hozirdagi o‘rtacha narxi 1 oyga 500000 so‘m. Lekin, bu kurslarda siz dasturlashning faqat asosiy mavzularini o‘rganasiz.

Uchinchi misol, abiturientlarni tayyorlaydigan o‘quv markazlarida o‘qish narxi o‘quv markazning saviyasi va tajribasiga qarab 1 yilga taxminan 4 mln so‘mdan 15 mln so‘mgacha to‘lov qilinadi. O‘quv kursi sizga universitetga kirish kafolatini bermaydi va siz hech qanday hunar egasi bo‘lmaysiz. Agar o‘qishga kirsangiz ham birinchi misoldagi holatga tushasiz.

BootCamp o‘quv kursida 1 soat dars uchun atiga 10 000 so‘m to‘laysiz. 10 oydan so‘ng tayyor dasturchi bo‘lib etishasiz. Bu narx Sizga katta miqdor bo‘lib ko‘rinayotgandir, lekin Siz bu pul evaziga kasbli bo‘lasiz. Texnologiyalarni yaxshi o‘zlashtirsangiz, sarflagan pulingizni tez fursatda bemalol ishlab topasiz.

Vaqtingiz va naqdingizning qadriga eting.

O‘quv kurslariga oldindan to‘lov qilinadi. Shartnoma asosida naqd, pul o‘tkazish, bank plastik kartalari orqali to‘lovni amalga oshirish mumkin.

NATIJA

BootCamp bitiruvchisi Full-stack web developer uchun kerakli bo‘lgan barcha bilimlarni o‘rganadi. Mehnat bozorida Full-stack web developer o‘rniga da’vo qilishi mumkin. Bundan tashqari, Front-end developer, Back-end developer, Software developer, Java developer, Software engineer, QA automation tester, QA engineer kabi lavozimlarda ham ishlashi mumkin bo‘ladi.

O‘quv markazi tomonidan bitiruvchilarga sertifikat beriladi. Yaxshi o‘zlashtirgan talabalar PDP akademiyasining dasturchilar jamoasiga taklif etiladi yoki xususiy sektor va davlat organlariga tavsiya qilinadi.

Agar siz ingliz tilini yaxshi bilsangiz va BootCampda dasturlashni o‘rgansangiz, siz uchun xorijda o‘qish va ishlash imkoniyati ortadi. Chunki, dasturlash tili butun dunyoda bir xil.

PDP Axborot texnologiyalari akademiyasining BootCamp kurslari o‘z talabalariga shunday bilim va imkoniyatlar beradi!

***

Personal Development Process

Sayt: http://pdp.uz/

Telefon: + 99897 447 47 41

Telegram: @PdpUzAdmin

Telegram-kanal: @PdpUzOfficial

Facebook: fb.me/pdp.uz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!