Bor-yo‘g‘i 2000 dollarlik bu elektromobil bozorni «portlatadi»! (+video)

  •   DiMaX
  •  2539
  •  11.06.2021 15:57

Bor-yo‘g‘i 2000 dollarlik bu elektromobil bozorni «portlatadi»! (+video)

Elektrokarlar olamining yetakchisi – Tesla kompaniyasining Model 3 avtomobili boshlang‘ich komplektatsiyada 35 000 dollar turadi. Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts avvalroq xarid qilgan ilk elektrokar – Porsche Taycan Turbo narxi esa 150 000 dollardan oshadi.

O‘QING: Elektromobillar kelajagi: elektr qachon yonilg‘ini butkul yengadi?

Elektromobillar ommalashib, tobora yangi modellari nisbatan arzon narxlarda chiqib ham bormoqda. Biz bultur eng arzon – ikkita smartfon narxidan salgina qimmatroq bo‘lgan elektromobil taqdim etilgani haqida xabar bergan edik.

Jiangsu Ruipaiying Import And Export Co. kompaniyasi (Xitoy) esa yanada arzon elektropikap – Changli CLZKC-009 modelini taqdim etdi. Uning korpusi uzunligi atigi 3500 millimetrga teng, yuk ko‘tarish qobiliyati esa 400 kilogrammni tashkil etadi.

Changli CLZKC-009 salonida ikkitagina o‘rindiq mavjud, lekin avtomobilning lyuki, orqani ko‘rish kamerasi va oynalarni elektrik ko‘tarish tizimi mavjud. Qo‘shimcha pul evaziga konditsioner o‘rnattirib olish ham mumkin.

O‘QING: O‘zbekistonda elektromobil importi: qayerlardan, qayerlarga, nechta va qanchaga?

Yangi mashina elektrodvigatelining quvvati atigi 4 ot kuchiga ega va uning maksimal tezligi 65 km/soatga yetadi, xolos. Akkumulyatorining tok sig‘imi 4,8 kVt/soatni tashkil etadi; elektrokar uning bitta to‘la quvvati bilan 130 kilometrgacha yo‘l bosa oladi.

Mana, Changli CLZKC-009 elektrokarini «jonli» videoda tomosha qilamiz:

Jiangsu Ruipaiying Import And Export Co. allaqachon o‘z yurtida Changli CLZKC-009 elektrik pikapini sota boshlagan. Uning mahalliy bozrdagi narxi taxminan 2000 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi. Arzon elektromobilning Xitoydan tashqarida bozorga chiqishi haqida ma’lumot yo‘q.

O‘QING: Diplomatiya universitetiga kira olmagan qiz Tesla’ga ishga kirdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!