Bor-yo‘g‘i 25 dollarlik 4G-smartfon sotuvga chiqdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1399
  •  18.11.2020 18:08

Bor-yo‘g‘i 25 dollarlik 4G-smartfon sotuvga chiqdi! (+video)

Yaqindagina biz atigi 50 dollarlik Yahoo Mobile ZTE Blade A3Y smrtfoni haqida xabar bergan edik. Uni bir paytlar o‘zining qidiruv va pochta xizmatlari bilan yetakchi bo‘lgan Yahoo kompaniyasi ZTE bilan hamkorlikda tayyorlagan. Buni qarangki, aqlli telefonni hatto buning ham yarim narxida chiqarish mumkin ekan!

O‘QING: Atigi 6 dollarlik telefonlardan «Huawei smartfonlari» yasab, 25 dollardan sotgan jinoiy guruh ushlandi

Vingroup kompaniyasi Qualcomm bilan birga Vetnamda o‘ta arzon 4G-smartfon taqdim etdi. Vsmart Bee Lite rusumli ushbu qurilmaning narxi 25 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi. Mazkur smartfon Viettel nomli davlat uyali aloqa operatorining 2G hamda 3G tarmoqlaridan foydalanayotgan mijozlariga taklif etiladi.

Vsmart Bee Lite smartfoni birmuncha ixcham – ekranining o‘lchami 5,45 dyuymlik, displeyda tasvir aniqligi 480x800 piksellik. Qurilmaning orqa panelida 5 megapiksellik bosh kamera, ekrani ustida esa 2 megapiksellik selfi-kamera mavjud.

Darvoqe, yaqindagina ayni shu smartfonsoz yetakchi kompaniyalar uddalay olmagan bir texnologiyali modelni ham chiqargan.

 

O‘QING: Maxfiy kamerali ikkinchi smartfonni umuman kutilmagan kompaniya taqdim etdi! (+video)

O‘ta arzon va ixcham bo‘lgan bu 4G-smartfon Qualcomm Snapdragon 215 protsessori bazasiga qurilgan. Kompaniya uni 1 gigabaytlik tezkor va 16 gigabaytlik ichki xotira bilan ta’minlagan, yana MicroSD-karta uchun uyachasi ham bor.

Vsmart Bee Lite modeli «taroshlangan» operatsion tizim – Android 10 Go Edition talqinida ishlaydi. Uning avtonomligi uchun 2550 mA/soatlik akkumulyator mas’ul.

O‘QING: O‘ttiz to‘rt dollarlik 5G-smartfonga nima deysiz?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.