Bor-yo‘g‘i 84 dollardan boshlanuvchi Redmi 9A va Redmi 9C taqdim etildi!

  •   DiMaX
  •  11191
  •  30.06.2020 11:34

Bor-yo‘g‘i 84 dollardan boshlanuvchi Redmi 9A va Redmi 9C taqdim etildi!

Xiaomi kompaniyasi, kecha va’da qilganidek, Malayziyada Redmi 9A hamda Redmi 9C smartfonlarini namoyish qildi. Ular Redmi brendining ushbu turkumdagi eng arzon modellari sifatida maydonga tushdi.

O‘QING: Barqaror MIUI 12 proshivkasi 13 ta rusumdagi Xiaomi va Redmi smartfonlariga kela boshladi

Ushbu ikki smartfonning texnik jihatlari haqida taqdimotdan oldin tarqalgan xabarlar to‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Avvalo, ularning o‘zaro farqli jihatlariga nazar solamiz.

Redmi 9A

Redmi 9A modeli MediaTek kompaniyasining yangi – Helio G25 protsessori bazasiga qurilgan bo‘lsa, Redmi 9C qurilmasida kuchliroq – Helio G35 chipseti qo‘llangan. Birinchi smartfonning bosh kamerasi 13 megapiksellik yakka datchikdan iborat; ikkinchisida esa undan tashqari yana 5 va 2 megapiksellik qo‘shimcha sensorlar bor. Shuningdek, Redmi 9C orqa panelida daktiloskopik datchik mavjud, arzon modelda esa u ko‘zda tutilmagan.

O‘QING: Istalgan Android-smartfonning barmoq izi skaneriga tezkor funksiyalar qo‘shamiz

Ikkala yangi smartfonning umumiy jihatlariga kelsak, ular diagonaliga 6,53 dyuymlik, tasvir aniqligi esa HD+ formatidagi IPS-ekranlar bilan jihozlangan. Har ikkalasida bir xildan 2/32 gigabaytlik tezkor/ichki xotira hamda 5000 mA/soatlik akkumulyator qo‘llangan.

Redmi 9C

Xiaomi ularni 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11 b/g/n, Bluetooth 5.0, GPS modullari, USB-C hamda infraqizil portlari, shuningdek, 3,5 millimetrlik quloqchin tirqishi bilan ta’minlagan.

Eng asosiysiga kelsak, Malayziyada Redmi 9A taxminan 84 AQSh dollariga teng narxda sotiladi. Redmi 9C esa undan salgina yuqoriroq – 100 dollarga baholangan.

O‘QING: Atigi 130 dollarga batareyasi naq 8000 mA/soatlik, «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon chiqdi! (+video)