Boshqa ijtimoiy tarmoqlar qatori, YouTube ham Trampning akkauntini «muzlatib» qo‘ydi

  •   DiMaX
  •  328
  •  13.01.2021 13:57

Boshqa ijtimoiy tarmoqlar qatori, YouTube ham Trampning akkauntini «muzlatib» qo‘ydi

Biz avalroq Twitter endi Trampni imtiyozlaridan mahrum qilishi haqida yozgan edik. So‘ng ma’lum bo‘lishicha, ijtimoiy tarmoq uning rasmiy akkauntini tozalab, so‘ng Jo Baydenga topshirishi ma’lum bo‘lgan. Lekin shundan keyin yuzaga kelgan tartibsizliklar ortidan 8 yanvar kuni bu platforma AQSh prezidentining akkauntini butunlay o‘chirib tashlagan.

O‘QING: Microsoft: «Shu uchta davlat xakerlari AQSh saylovlariga aralashgan!»

YouTube videoxostingi ham AQShning amaldagi prezidenti rasmiy akkauntidan yangi video yuklashni cheklab qo‘ydi. Axios portalining bugun – 13 yanvar kuni yozishicha, ushbu «muzlatib qo‘yish» kamida yetti kun davomida amal qiladi.

Videoxosting ma’muriyatining ma’lum qilishicha, bu muddat hali yana uzaytirilishi mumkin. Shuningdek, Donald Tramp rasmiy kanalidagi videolarga boshqalar izoh yozishini ham YouTube to‘xtatib qo‘ygan.

Aytish kerakki, amaldagi prezidentning akkauntini o‘chirib tashlagach, Twitter aksiyalaring narxi 12 yanvar kungi savdolar ochilishida salkam 11 foizga tushib ketgan. Xabaringiz bo‘lsa kerak – Facebook, Instagram, Snapchat va Twitch kabi ijtimoiy tarmoqlar ham Trampning sahifalarini bloklab qo‘yishgan.

O‘QING: Koronavirus tufayli O‘zbekistonda umuman kutilmagan ijtimoiy tarmoq 1-o‘ringa chiqdi! (+infografik video)