Boston Dynamics kompaniyasi Hyundai’ga o‘tishi sharafiga uning robotlari BTS xitiga raqsga tushdi (ikkta video)

  •   DiMaX
  •  588
  •  30.06.2021 14:45

Boston Dynamics kompaniyasi Hyundai’ga o‘tishi sharafiga uning robotlari BTS xitiga raqsga tushdi (ikkta video)

Zamonaviy robotlari bilan tanishgan Boston Dynamics kompaniyasi o‘tgan haftaning so‘ngida Hyundai konglomeratiga qo‘shib olindi. Mazkur yirik korporatsiya SoftBank xoldingidan robotsoz aksiyalar paketining asosiy qismini sotib oldi. Mazkur kelishuvni noodatiy tarzda – robotlar raqsi bilan nishonlashdi.

O‘QING: Boston Dynamics’dan Yangi yil videosi: robotlarning bunaqa raqsini hali ko‘rmagansiz!

E’lon qilingan videolavhada Janubiy Koreyadagi mashhur BTS guruhining «IONIQ: I’m On It» qo‘shig‘iga yettita Spot roboti raqsga tushgan. Ularning harakati o‘zaro muvofiqlashtirilgani va musiqaga mosligini so‘z bilan ta’riflash qiyin, yaxshisi, o‘zingiz tomosha qiling:

Avvalroq ham biz Spot robotining odamdan yaxshi raqsga tushayotgan videosini, keyinroq esa u qo‘y boqayotgan lavhani ulashgandik.

O‘QING: Mashhur robot-ko‘ppak sotuvga chiqdi, lekin bu pulga Tesla Model S olish mumkin! (+video)

Ikkinchi rolikda esa Hyundai o‘z oilasida Boston Dynamics’ni qarshi olgan va unda ham o‘sha BTS guruhi ishtirok etgan:

1,1 milliard dollarlik kelishuvga binoan, Boston Dynamics aksiyalarining 80 foizi Hyundai’ga o‘tgan, 20 foizi esa SoftBank’ning o‘zida qolgan.

O‘QING: Ilon Mask kiborg-odamlar uchun yangi chipni va kiborgga aylantirilgan cho‘chqani ko‘rsatdi (video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!