Boston Dynamics’dan Yangi yil videosi: robotlarning bunaqa raqsini hali ko‘rmagansiz!

  •   DiMaX
  •  735
  •  31.12.2020 12:58

Boston Dynamics’dan Yangi yil videosi: robotlarning bunaqa raqsini hali ko‘rmagansiz!

Mashhur robotsoz – Boston Dynamics kompaniyasi o‘zining mahsulotlarini turli yangi ishlarga o‘rgatib, kishilarni hayron qoldirishda davom etmoqda. Biz avval Spot nomli itsimon robotning odamdan yaxshi raqsga tushayotgan videosini, keyinroq esa u qo‘y boqayotgan lavhani ulashgandik. Shuningdek...

O‘QING: Mashhur robot-ko‘ppak sotuvga chiqdi, lekin bu pulga Tesla Model S olish mumkin! (+video)

Boston Dynamics endi o‘zining YouTube-kanalida Yangi yilga bag‘ishlangan qiziqarli videoni e’lon qildi. Unda to‘rt nafar robotning raqsi aks etgan – ikkita Atlas odamsimon roboti, bitta Spot robot-ko‘ppagi va bitta Handle rusumli, ikki g‘ildirakli robot. Ular The Contours guruhining 1962 yili chiqqan «Do You Love Me» qo‘shig‘iga raqs tushishgan:

Kompaniya bu videoni quyidagi tagso‘z bilan ulashgan: «Yangi yilning boshlanishini nishonlash uchun butun jamoamiz to‘plandi; umid qilamizki, bu yil baxtliroq keladi».

Ta’kidlash kerakki, kanalga chiqarilganidan beri o‘tgan bir kun mobaynida ushbu raqs roligini o‘n million martadan oshiq tomosha qilishgan.

O‘QING: Dunyodagi eng takomillashgan (va qo‘rqinchli) robotlar

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!