Boylar ham o‘ynaydi: Ilon Maskning sevimli videoo‘yinlari qaysilar?

  •   DiMaX
  •  3265
  •  01.02.2021 14:26

Boylar ham o‘ynaydi: Ilon Maskning sevimli videoo‘yinlari qaysilar?

Hozir nafaqat yoshlar, balki o‘rta yoshlardagi kishilar va kattalar ham kompyuterda, smartfonda yoki pristavkalarda o‘yinlar o‘ynashadi. Sayyoramizning eng badavlat kishisi bo‘lgan Ilon Mask ham o‘zi yaxshi ko‘rib o‘ynaydigan o‘yinlarni aytib o‘tdi.

O‘QING: Ilon Mask bitta tviti bilan bitkoin narxini yana $5000 ga ko‘tarib yubordi!

Hammasi SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbarining bitta tvitidan boshlandi: u Cyberpunk 2077 o‘yinini bir vaqtning o‘zida maqtagan va tanqid qilgan.

«O‘yinning relizigacha tuzatishlar chiqadi, ular uchun bagfikslar kerak bo‘ladi. Shunga qaramasdan, bu... buyuk o‘yin», degan u.

O‘QING: Geymer lavozimida ish bor – maoshi yiliga 41 ming dollar!

Shu fursatdan foydalanib, Ilon Maskning obunachilaridan biri uning eng sevimli konsol o‘yini qaysi ekanini so‘ragan.

Tesla rahbari esa bu faqat Halo turkumi o‘yinlari ekanini aytgan.

O‘QING: Amir Temur sharafiga yaratilgan ilk videoo‘yin – «Mangu Sarkarda»ni qarshi oling! (+video)

Biror platformaga bog‘liq bo‘lmagan holdagi suyukli o‘yinlari sifatida esa Ilon Mask quyidagilarni sanab o‘tgan: Deus Ex, Half-Life 2, Bioshock, Mass Effect 2, Fallout 3 va New Vegas, shuningdek Saints Row IV.

Xo‘sh, siz-chi, bulardan qaysilarini o‘ynab ko‘rgansiz yoki hozir ham o‘ynab turasiz?

O‘QING: 2020 yilning eng zo‘r Android-o‘yinlari (Google Play talqini)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!