«Boyqush ko‘zli» Honor 30 Pro ilk rasmiy suratlarda

  •   DiMaX
  •  1335
  •  09.04.2020 11:57

«Boyqush ko‘zli» Honor 30 Pro ilk rasmiy suratlarda

flagmani Honor 30 Pro smartfonini taqdim qiladi. Kompaniya prezidenti Chjao Min uning bir nechta render suratini Weibo ijtimoiy tarmog‘ida ulashdi.

O‘QING: O‘rta narxli Honor 30S namoyish etildi: Kirin 820 chipli ilk 5G-smartfon

Afsuski, renderlarda Honor 30 Pro faqat orqa tomonidan ko‘rsatilgan:

Lekin bu suratlar smartfonning kamera modulini aniq namoyish etgan – u yaqinda taqdim etilgan kamerofon – Huawei P40 Pro modeliga juda o‘xshash.

O‘QING: DxOMark’ning biryo‘la ikkita reytingida taxtni zabt etgan yangi flagman bilan tanishing! (+video)

Xabarlarga ko‘ra, Honor 30 Pro bosh kamerasidagi 50 megapiksellik asosiy datchik 1/1,28 dyuymlik yirik matritsaga ega. Yana bu kameraning Octa PD fokuslanish tizimiga hamda periskop konstruksiyali teleob’yektivga ham ega ekanini aytishmoqda.

Mish-mishlarda aytilishicha, yangi smartfon 6,57 dyuymlik AMOLED-displeyga ega bo‘lib, uning tasvir aniqligi FHD+ formatida.

O‘QING: Qarshi oling: Huawei o‘zining eng qimmat mahsulotini taqdim etyapti

Honor 30 Pro akkumulyatorining tok sig‘imi 3 900 mA/soatlik bo‘lib, tezkor/ichki xotirasi tegishlicha 8/256 GBlik hajmga ega. Mazkur kamerofon kompaniyaning flagman chipseti – Kirin 990 5G bazasida ishlaydi.

 

Darvoqe, ishlatilsa ham narxini ko‘p yo‘qotmaydigan smartfonlar top-o‘ntaligidagi naq yettita o‘rinni aynan Huawei va uning Honor brendiga mansub modellar band etganidan xabaringiz bormidi?

O‘QING: Huawei uchta arzon 5G-flagman tayyorladi – taqdimot kuni va narxlari

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.