Brauzerdagi inkognito rejimi nimasi bilan xavfli?

  •   DiMaX
  •  2085
  •  15.08.2020 17:53

Brauzerdagi inkognito rejimi nimasi bilan xavfli?

Internet foydalanuvchilari ayrim hollarda biror resursdan anonim tarzda foydalanish uchun brauzerdagi inkognito rejimini yoqib olishadi. Biroq bu uning anonimligini yashira olmaydi, deyishmoqda mutaxassislar.

O‘QING: Turli brauzerlarda maxfiylik rejimini yoqishning eng oddiy usuli

Group-IB kompaniyasi mutaxassisi Sergey Nikitinning ta’kidlashicha, inkognito rejimi faqat muayyan qurilma doirasidagina maxfiylikni ta’minlab beradi.

Bunday rejimda ochilgan brauzer oynasida internetga kirilgan saytlar tarixi, parollar, qidiruv so‘rovlari hamda cookies-fayllar saqlanmaydi – uning asosiy vazifasi shu. Shu boisdan ham jamoat joylaridagi kompyuterlardan foydalanda inkognito rejimini yoqib ishlagan ma’qul.

Lekin bunday rejimda ham veb-saytlar bu foydalanuvchini «ko‘ra» olishadi, deydi ekspert. O‘z shaxsini maxfiy saqlagan holda internetda kezish uchun esa VPN servislaridan, onion-tarmoqlarni qo‘llovchi Tor kabi brauzerlardan foydalanish kerak.

O‘QING: Virtual hayotingizni shifrlashning 7 usuli

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!