Brauzerlar reytingida kutilmagan o‘zgarish yuz berdi!

  •   DiMaX
  •  1968
  •  02.04.2020 12:22

Brauzerlar reytingida kutilmagan o‘zgarish yuz berdi!

NetMarketShare resursi 2020 yilning mart oyi yakuni holatida dunyo bo‘yicha turli brauzerlardan foydalanish borasidagi statistik ma’lumotlarni e’lon qildi. Garchi reyting yetakchisi almashmagan bo‘lsa-da, ilg‘or brauzerlar orasida olishuv qizg‘in ekaniga guvoh bo‘lamiz.

O‘QING: Maxfiylik bo‘yicha eng kuchli va eng yomon brauzerlar reytingi

Asosiysi – Microsoft korporatsiyasining mahsuloti bo‘lmish Edge dasturi bozorning 7,59 qismini egallab, ikkinchi o‘ringa chiqib olgan. Unga yon berishga majbur bo‘lgan Mozilla Firefox ilovasiga esa brauzerlar bozorining 7,19 foizi nasib etgan. To‘rtinchi o‘rinda yana Microsoft brauzeri – Internet Explorer bo‘lib, bozorning 5,87 foizi unga tegishli.

Yuqoridagilarning barchasini qo‘shganda ham natija reyting yetakchisi – Google Chrome brauzeriga teng kela olmaydi: u dunyodagi kompyuter va noutbuklarning 68,50 foizida faol qo‘llanmoqda.

Aytish kerakki, nisbatan yaqinda chiqqan Microsoft Edge uch yilcha avval iOS hamda Android tizimli qurilmalar uchun ham taqdim etilgan edi. Shuning evaziga uning auditoriyasi faol tarzda kengayib bormoqda. Buning ustiga, Microsoft muntazam ravishda uni optimallashtirib, foydalanuvchilarning istaklariga ko‘ra yangi funksiyalar qo‘shib kelayotir.

O‘QING: Qaysi brauzerlar katta «operativka» talab etmaydi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.