Britaniya kiber himoya uchun 1,9 mlrd. funt sterling ajratmoqchi

Britaniya kiber himoya uchun 1,9 mlrd. funt sterling ajratmoqchi

Mazkur mablag‘ning bir qismi, 40 mln. funtov sterling ($57 mln.)  kibertahdidlarga qarshi kurashishga xizmat qiladigan yangi  milliy markazni tashkil etish uchun sarflanadi. Ushbu Markaz zamonamizning turli xil kibertahdidlariga qarshi kurash olib boradi. Markazning asosiy vazifasi hukumat idoralarining axborot xavfsizligini ta’minlash hisoblanadi.
Xuddi shu kabi markaz Britaniya mudofaa vazirligining kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy markazi qoshida ham tashkil etilgan.
Aslida hukumat tomonidan kiber hujumlarga qarshi kurash uchun 1,9 milliard funt sterling miqdoridagi mablag‘ ajratilishi 2015 yilning oxirida ma’lum bo‘lgan edi.
Buyuk Britaniya kiberxavfsizlik sohasidagi pozitsiyalarini mustahkamlayotgani, joriy yilda mudofaa byudjeti ortgani haqida Birlashgan Qirollik mudofaa vaziri Maykl Fellon ma’lum qilgan, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi Axborot xizmati “RIA Novosti”ga asoslanib.

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!