Bryus Li «birinchi raqamli Android-smartfon»ni e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  2427
  •  17.11.2020 17:53

Bryus Li «birinchi raqamli Android-smartfon»ni e’lon qildi

Har kim o‘z didiga, talab va ehtiyojlariga qarab biror modeldagi flagmanni eng zo‘r smartfon, deyishi mumkin. Lekin biror kompaniyaning smartfonini eng zo‘ri, deya aynan shu ishlab chiqaruvchining o‘z vakili maqtasa – g‘alati holat.

O‘QING: Apple rahbari iPhone SE 2020’ning istalgan Android-smartfondan asosiy afzalligini ma’lum qildi

Huawei korporatsiyasining mobil telefonlar bo‘yicha vitse-prezidenti Bryus Li (Bruce Lee) bu borada o‘z fikrini bildirdi. Unga ko‘ra, Huawei Mate 40 turkumi Android tizimli telefonlar orasida «birinchi raqamli» emish.

Bryus Li ta’kidlashicha, Mate 40 Pro tizim sozlamalarida ikki xil – standart va yorqin rang rejimlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Shu bilan birga, undagi standart rejim avvalgi mahsulotlardagidan kuchli farq qiladi. Ya’ni, u nafaqat sRGB rang gammasini qo‘llab-quvvatlaydi, balki unda «aks ettirish tizimi rangni to‘liq boshqaradi».

Unda biror manba yoki ilovaning aynan qanday standart format qo‘llaganini tizim avtomatik tarzda aniqlaydi. Bu sRGB bo‘ladimi, P3 yoki HDR (Rec.2020 rang gammasi) bo‘ladimi – qurilma uning ekranga avtomatik moslashuvini shunga qarab ta’minlaydi.

Bundan tashqari, Mate 40 smartfonlarining ekrani spektral dizayn nuqtai nazaridan ko‘k rang manbasiga e’tibor bergan holda ishlangan. U foydalanuvchining ko‘zi uchun eng yaxshi himoyani ta’minlaydi, deydi Bryus Li. Shuningdek, ekranning miltirashdan himoyasini foydalanuvchining o‘zi barcha yorqinlik diapazonlarida sozlashi mumkin.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (46-hafta)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!