Bryus Li rasman xabar qildi: Huawei kompaniyasi Android o‘rniga Kirin OS’ni tayyorlayapti!

  •   DiMaX
  •  1490
  •  01.12.2018 11:32

Bryus Li rasman xabar qildi: Huawei kompaniyasi Android o‘rniga Kirin OS’ni tayyorlayapti!

Hozirda butun dunyodagi smartfonlarning eng keng tarqalgan operatsion tizimi, shubhasiz, Android’dir. Ammo yetakchi smartfonsozlardan sanalgan Huawei endi o‘z smartfonlari uchun yangi tizim ishlab chiqmoqda.

O‘QING: Android-smartfonlarning yangi «qirol»ini qarshi oling – u AnTuTu’da mutlaq rekord o‘rnatdi!

Huawei Kirin OS deb ataluvchi mazkur mobil operatsion tizim xitoylik texnogigantning smartfonlarida Android o‘rniga qo‘llaniladi. Bu haqda kompaniyaning vitse-prezidenti va uyali telefonlar yo‘nalishi rahbari Bryus Li (Bruce Lee) o‘zining Weibo-akkaunti orqali xabar qilgan.

Top-menejerning so‘zlariga ko‘ra, Kirin OS ayni damda «ishlab chiqish jarayonida». Bryus Li yangi mobil operatsion tizim haqida boshqa tafsilotlarni ma’lum qilmagan.

Ayrim xabarlarga ko‘ra, Huawei Kirin OS joriy yilning yozidayoq taqdim etilishi ham mumkin edi. Ammo to‘liq tayyorlashga ulgurishmagani bois anonsi keyinroqqa, noma’lum vaqtga qoldirilgan.

Ayni damda xitoylik yetakchi smartfonsozning mobil qurilmalari «el qatori» Android tizimiga va EMUI grafik qobig‘iga ega. Ulardan ayrimlarini 890 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da Huawei smartfonlari narxlari (2018 yil 24 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!