Bu aktrisa akkaunt ochiboq Instagram’ni ishdan chiqardi va hatto Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi!

  •   DiMaX
  •  9151
  •  19.10.2019 12:31

Bu aktrisa akkaunt ochiboq Instagram’ni ishdan chiqardi va hatto Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi!

Instagram – asosan suratlar va qisqa videolavhalar e’lon qilishga, ularni izohlash va ulashishga ixtisoslashgan ijtimoiy tarmoq. Unda eng ko‘p obunachi to‘plagan foydalanuvchilar esa asosan aktyor va aktrisalar, taniqli shaxslar va maxsus Instagram-blogerlardir. Lekin oddiygina tuxum surati ham unda layklar bo‘yicha dunyo rekordini o‘rnatgan.

O‘QING: Tuxum chatnadi: layklar rekordchisi ikkinchi suratni e’lon qildi

Buni qarangki, aktrisa Jennifer Eniston endigina – 51 yoshida unga qo‘shilib, darrov rekord ko‘rsatkichga erishdi! O‘z Instagram-akkauntiga u birinchi bo‘lib «Do‘stlar» serialida birga rol o‘ynagan hamkasblari bilan tushgan rasmini joyladi. Ma’lum bo‘lishicha, Jennifer (Reychel), Kortni Koks (Monika), Mett Leblan (Jou), Mettyu Perri (Chendler), Liza Kudrou (Fibi) hamda Devid Shvimmer (Ross) kechki ovqatga to‘planishgan va esdalik uchun selfi qilishgan. «Endi biz Instagram’da ham Do‘stlarmiz. Salom, Instagram», deb yozgan Eniston.

 
 
 
 
 
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
 
 
 
 
 
 
 
 
 

And now we’re Instagram FRIENDS too. HI INSTAGRAM 👋🏻

Publikatsiya ot Jennifer Aniston (@jenniferaniston)

Shundan so‘ng bu post katta tezlikda layk va izohlar to‘play boshlagan va Eniston akkaunti obunachilari katta tezlikda o‘sgan. Birinchi soatdayoq uning sahifasiga 115 ming kishi obuna bo‘lgan, yuqoridagi post esa 4 soatda 3 milliondan oshiq layk yig‘ishga erishgan.

O‘QING: Bu mashhur fotomodel bitta Instagram-posti uchun qancha pul olishini tasavvur ham qilolmaysiz!

Oradan 5 soat va 16 daqiqa o‘tib esa Eniston jahon rekordini yangiladi – ilk million nafar obunachini to‘plash uchun unga shuncha vaqt yetarli bo‘li. Buni hatto Ginnesning Rekordlar kitobiga ham qayd etishdi!

Instagram tarmog‘i esa bunday yuklamani ko‘tara olmasdan, uning ishida uzilish ham kuzatildi. Shundan so‘ng Eniston o‘zining ikkinchi postini e’lon qildi – undagi videoda aktrisa o‘z smartfonini otib yuborgan! Jennifer uni mana bu so‘zlar bilan e’lon qilgan: «Qasam ichaman, men uni sindirmoqchi emasdim. Xayrixohlik bilan yaxshi qabul qilganingiz uchun tashakkur, bolalar».

 
 
 
 
 
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
 
 
 
 
 
 
 
 
 

I swear I didn’t mean to break it... Thank you guys for the kind, glitchy welcome ❤️

Publikatsiya ot Jennifer Aniston (@jenniferaniston)

Payqagan bo‘lsangiz, «uni sindirmoqchi emasdim» deganida aktrisa smartfonni ham, Instagram’ni ham nazarda tutayotir.

Jennifer Eniston ayni damda ushbu tarmoqda 14,1 million obunachiga ega va bu ko‘rsatkich ortib bormoqda.

O‘QING: Aktrisa va xonandalarimiz Instagram’da qanchalik faol?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!