Bu gadjetlar bozorida to‘rt yildan beri Xiaomi’ga hech kim bas kela olmayapti!

  •   DiMaX
  •  862
  •  15.04.2021 10:23

Bu gadjetlar bozorida to‘rt yildan beri Xiaomi’ga hech kim bas kela olmayapti!

Xiaomi kompaniyasi 29 martdagi mega-taqdimotida Mi Band 6 rusumli fitnes-trekerini ham namoyish qilgan. Mazkur aqlli bilaguzuk global bozorga Xiaomi Mi Smart Band 6 nomi ostida, 45 yevrolik narx bilan chiqadi.

O‘QING: OnePlus ilk taqiluvchi gadjetini chiqardi: Mi Band 5’ning arzon kushandasi! (+video)

Ishlab chiqaruvchi Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z rasmiy sahifasida e’lon qilishicha, Xiaomi Mi Band (Mi Smart Band) seriyasi to‘rt yildan beri butun dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan smart-brasletlar bo‘lib kelmoqda.

Aytish kerakki, bundan ikki hafta oldin Xiaomi Mi Band 6 (jahon bozorida – Mi Smart Band 6) bozorga chiqqan. Xitoyda uning NFC chipli talqini 43 AQSh dollariga, ushbu modulsiz versiyasi esa 35 dollarga teng narxda sotilmoqda.

O‘QING: Xiaomi tan olishga majbur bo‘ldi: Redmi’ning yangi smartfonlarida «ishkal» bor!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!