Bu Galaxy ham va nihoyat Android 11'ga o‘tdi

Bu Galaxy ham va nihoyat Android 11'ga o‘tdi

Galaxy M01s smartfoni One UI 3.1 qobig‘idagi Android 11 smartfoniga o‘tgan eng so‘nggi Samsung smartfoni bo‘lib turibdi — hozircha. Tizim yangilanishi qurilmaga One UI Core 3.1 va 2021 yil iyul xavfsizlik patchini taqdim etadi.

O‘QING: Ommabop bo‘lgan Samsung Galaxy smartfonining yangilangan versiyasi chiqmoqda

Samsung yangilanishni ayni damda Hindistondagi smartfonlarga jo‘natmoqda, bir necha hafta ichida boshqa mintaqalar foydalanuvchilari ham yangilanishni yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

Galaxy M01s smartfoni uchun chiqarilgan tizim yangilanishi versiyasi M017FXXU2CUG1 bo‘lib, apdeyt qurilmaga yangilangan interfeys, barqaror ikonkalar, ravonroq animatsiyalar va o‘tish, takomillashgan unumdorlik va oshirilgan xavfsizlik kabilarni taqdim qiladi. Tizim yangilanishi tarkibiga, shuningdek, ilovalarga bir martalik ruxsat berish, ruxsatnomalarni avtomatik qayta sozlash, chat pufakchalari, bildirishnonlar maydonida Suhbatlar bo‘limi, tezkor yoqish tugmalari pastida maxsus media ijrosi vidjeti va takomillashgan Raqamli Salomatlik funksiyasi kabilar ham kiradi.

Bundan tashqari, qurilmani yangilaganingizdan so‘ng yangicha qulf ekrani vidjetlari, ko‘proq Dinamik Qulf Ekrani kategoriyalari, tasvir va video qo‘ng‘iroq foni hamda ekranni qulflash uchun ikki marta bosish singari yangi funksiyalardan ham bahramand bo‘lish mumkin.

Samsung, shuningdek, barcha standart Samsung ilovalari, jumladan, Samsung Galereya, Samsung Internet, Samsung Klaviatura va Samsung Xabarlar kabilarni ham yangilagan. Kompaniya yaxshiroq avtofokus va avto-ekspozitsiya orqali kamera unumdorligi oshirilganini ham ta’kidlamoqda. Aqlli uy qurilmalari nazoratiga o‘tish ham osonlashgan.

Agar siz ham Galaxy M01s smartfonidan foydalansangiz, Parametrlar ilovasidan Dastur yangilanishi oynasiga o‘tib apdeytni yuklab, o‘rnatib olishingiz mumkin.

O‘QING: Samsung kutilmaganda to‘rt yillik flagmanlarga yangilanish jo‘natdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!