Bu Galaxy smartfonlari endi kamroq apdeyt qabul qiladi

Bu Galaxy smartfonlari endi kamroq apdeyt qabul qiladi

Vaqtning shafqatsizligi hech narsa abadiy emasligini isbotlaydi. Samsung'ning dasturiy ta’minot siyosati borasida ham xuddi shu gapni  aytish mumkin. Umri davomida Galaxy smartfoningiz har oy, har chorak va so‘ngda yiliga faqat ikkita xavfsizlik patchini qabul qiladi.

O‘QING: Samsung’ning arzon va kvadrokamerali «avtonomlik monstri» ilk rasmiy suratlarda

Galaxy A70 va Galaxy A20e smartfonlari ham endi yiliga faqat ikki marta yangilanish qabul qiladigan bo‘ldi.

Galaxy A20e va Galaxy A70 smartfonlari Samsung'ning 2019 yil qabul qilingan tizim yangilanishlari siyosatiga ko‘ra, har chorakda yangilanish qabul qilishi kerak edi. Galaxy A7x qurilmalariga oylik yangilanishlar kelmagan — smartfonlar faqat har uch oyda apdeyt qabul qilgan.

Galaxy A70 va Galaxy A20e taqdim qilingan vaqtidan boshlab kamida to‘rt yil davomida tizim yangilanishlarini qabul qilishi nazarda tutilgan. Har ikkala smartfon ham 2019 yil may oyida taqdim qilingan, ya’ni Samsung ularni yiliga faqat ikkita yangilanish bilan ta’minlashga qaror qilgan ayni damda smartfonlar atigi ikki yoshda xolos.

O‘QING: Samsung Galaxy S smartfonlari: eng yomonidan eng yaxshisigacha