"Bu hafta Fragment foydalanuvchi nomlaridan tashqariga kengayadi" – Durov

Telegram rahbari Pavel Durov o'z messenjeridagi blogida yangi post qoldirdi va unda blokcheyn, Fragment va Telegram uchun navbatdagi qadamlar haqida gapirib o'tdi.

"Blokcheyn industriyasi markazsizlashtirish va'dasi ustiga qurilgan, lekin u baribir uning kuchini suiiste'mol qilganlar qo'lida markazlashtirildi. Natijada, dunyodagi eng katta birjalarning biri – FTX bankrot bo'lganida ko'pchilik odamlar pullarini yo'qotishdi" deydi Durov.

Uning so'zlariga ko'ra, blokcheynga asoslangan loyihalar o'z "ildiziga" yoxud markazlashmaganlikka qaytishi, kriptovalyuta foydalanuvchilari esa hech qanday uchinchi tomonga tayanmaydigan ishonchli tranzaktsiyalar va "o'z-o'zidan joylashtirilgan" hamyonlarga o'tishlari kerak.

"Biz, dasturchilar, omma uchun tez va foydalanish uchun qulay bo'lgan markazlashtirilmagan ilovalarni yaratish orqali blokcheyn sanoatini markazlashtirilishdan uzoqlashtirishimiz kerak. Nihoyat bugungi kunda bunday loyihalarni amalga oshirishning iloji bor"

Durov yaqinda ishga tushirilgan Telegram foydalanuvchi nomlarini auksion orqali sotish imkonini beradigan Fragment loyihasiga to'xtatilib o'tdi. Uning aytishicha, platformani yaratish uchun Durovning o'zi bilan 5 kishi (ha, Durov ham kod yozib turar ekan) va 5 hafta kerak bo'lgan. Bunda ular Ethereum blokcheynidan tez va samarali ishlaydigan The Open Network yoxud TON blokcheyniga asoslab yaratishgan.

"Fragment ajoyib muvaffaqiyatga erishdi. Unda bir oydan kamroq vaqt ichida 50 million dollarlik foydalanuvchi nomlari sotildi. Bu hafta Fragment foydalanuvchi nomlaridan tashqariga kengayadi", qo'shimcha qildi Durov.

Shuningdek, Pavel Durov Telegram uchun navbatdagi qadamlarni aytib o'tdi. Ma'lum bo'lishicha, tez orada messenjerda markazlashtirilmagan vositalar to'plami, jumladan, kriptovalyutalarni xavfsiz savdo qilish va saqlash uchun "hibsga olinmagan" hamyonlar va markazlashmagan birjalar yaratiladi.

O'QING: Krishtianu Ronaldu qanday smartfondan foydalanadi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!