Bu ijtimoiy tarmoq ikki yildayoq Facebook va Instagram’dan o‘zib ketib, ikkinchi o‘ringa chiqib oldi!

  •   DiMaX
  •  2106
  •  16.11.2019 10:10

Bu ijtimoiy tarmoq ikki yildayoq Facebook va Instagram’dan o‘zib ketib, ikkinchi o‘ringa chiqib oldi!

Google o‘tgan yilning eng zo‘r o‘yin, ilova, kitob, film va seriallari ro‘yxatini e’lon qilganida, yilning eng yaxshi ko‘ngilochar ilovalari qatoridan TikTok ham o‘rin olgandi. Musiqiy fonli qisqa videolavhalar yaratuvchi ushbu ijtimoiy tarmoq dasturi hozirda misli ko‘rilmagan darajada o‘sdi.

O‘QING: Kim yetakchi - App Store yoki Play Market?! Eng ko‘p yuklangan ilovalar qaysilar?

Sensor Tower tahlil firmasining aniqlashicha, TikTok ijtimoiy tarmog‘i App Store hamda Google Play kataloglarida jami 1,5 milliard martadan oshiq yuklab olingan. 2019 yilning o‘zidayoq bu ilovani 614 milliondan ziyod kishi o‘rnatib olgan.

Xitoyliklarning mazkur servisi hozirda dunyo bo‘ylab eng ko‘p yuklab olinayotgan ilovalar ro‘yxatida uchinchi o‘ringa chiqib olgan. Undan oldinda faqat WhatsApp (joriy yilda 707,4 millionta yuklash) hamda Facebook Messenger (636,2 million yuklash) dasturlari ketmoqda. TikTok’dan keyin esa Facebook’ning asosiy kliyenti (587 million yuklash) hamda Instagram (376,2 million yuklash) bormoqda.

O‘QING: Wikipedia asoschisi Facebook va Twitter’ga qarshi urush ochdi

TikTok’ning bunchalik o‘sishiga sabab bo‘lganlar asosan Hindiston (barcha yuklashlarning 31 foizi), Xitoy (11%) hamda AQSh (8,2%) hududlaridagi foydalanuvchilardir.

TikTok ilovasini Android-smartfonlarga mana bu, iOS tizimli qurilmalarga esa mana bu havolalar orqali o‘rnatib olish mumkin.

Mazkur ijtimoiy tarmoq ishga tushirilganidan buyon 175 million dollar daromad keltirgan. Qizig‘i – shundan 115,3 million dollar 2019 yilning o‘zidagina ishlab topilgan. Ilovaga bunchalik daromadni asosan boy mamlakatlardagi foydalanuvchilar keltirmoqda: Xitoy (48,3%), AQSh (35,7%) va Buyuk Britaniya (3,9%).

Shuningdek, TikTok’ning daromad manbalari orasida reklama beruvchilarning ham o‘ziga xos o‘rni bor. Axir...

O‘QING: Mazkur tarmoqda bitta reklama 25 dona iPhone 11 Pro narxiga teng, lekin bu hali holvasi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!