Bu ikkita jangovar o‘yinni 27 avgustgacha olib qo‘yib, bir umr bepul o‘ynang! (+videolar)

  •   DiMaX
  •  790
  •  21.08.2020 14:57

Bu ikkita jangovar o‘yinni 27 avgustgacha olib qo‘yib, bir umr bepul o‘ynang! (+videolar)

Epic Games Store onlayn do‘koni geymerlar uchun navbatdagi hadyasini taqdim etdi. Endi undan ikkita ommabop o‘yinni tekinga va butunlay olib qo‘yish mumkin.

O‘QING: Fortnite, Minecraft, PUBG, Dota 2 va boshqa o‘yinlar bir soatda qancha megabaytingizni «yeb qo‘yadi»?

Ulardan birinchisi Enter the Gungeon nomli o‘yin bo‘lib, unda geymerlar yer osti dunyosini tadqiq etishlari, dushmanlarni qirib borishlari kerak bo‘ladi. Unda qahramonning bosh maqsadi – Gungeon Proper nomli afsonaviy artefaktni topishdir.

Enter the Gungeon o‘yinini olib qo‘yish uchun mana bu havola orqali Epic Games Store’dagi sahifaga o‘tish kerak.

O‘QING: Android uchun ham Civilization VI strategiya o‘yini chiqdi, tag‘in boshida bepul! (+video)

Bepul tarqatilayotgan ikkinchi o‘yin – God’s Trigger nomli dinamik ekshen bo‘ladi. Unda bosh qahramon g‘ayrioddiy qobiliyatlari yordamida dushmanlarga qarshi kurashadi, o‘qlarga chap beradi...

God’s Trigger o‘yini 18 yoshdan kattalarga mo‘ljallangan va uni ushbu havola orqali tekinga olib qo‘yish imkoni bor.

Aytish kerakki, yuqoridagi ikkala o‘yinning ham bepul berilish vaqti 27 avgustda tugaydi. Shungacha olib qo‘yishga ulguring va bu xabarni geymer do‘stlaringizga ham yetkazing.

O‘QING: Epic Games Store tekinga tarqatgan o‘yinlarning asl narxini bilasizmi?