Bu ikkita o‘yinni 30 iyulgacha butunlay olib qo‘yib, keyin bir umr bepul o‘ynang! (+videolar)

  •   DiMaX
  •  719
  •  25.07.2020 10:49

Bu ikkita o‘yinni 30 iyulgacha butunlay olib qo‘yib, keyin bir umr bepul o‘ynang! (+videolar)

Kechagina biz Steam onlayn servisi Civilization VI o‘yinini 27 iyulgacha bepul o‘ynash imkonini taqdim etayotgani haqida yozgandik. Bu orada Epic Games do‘koni ham yana ikkita o‘yinni butunlay olib qo‘yishni taklif qilmoqda.

O‘QING: Epic Games Store tekinga tarqatgan o‘yinlarning asl narxini bilasizmi?

Ulardan birinchisi Next Up Hero nomli o‘yin bo‘lib, unda mult-qahramonlar yer ostida dushmanlarga qarshi jang olib borishadi.

Next Up Hero o‘yinini bepul olib qo‘yish uchun Epic Games Store rasmiy saytidagi tegishli sahifaga ushbu havola orqali o‘tasiz. 30 iyulgacha o‘sha yerdagi «Poluchit» tugmachasini bosish orqali o‘yinni o‘z kutubxonangizga qo‘shib qo‘ysangiz, keyin istalgan payti bepul o‘ynayverasiz.

O‘QING: Tetris o‘ynab, har kuni 5 ming dollar yutib olish mumkin! (+video)

Vaqtincha bepul ulashilayotgan ikkinchi o‘yin – Tacoma nomli fantastik boshqotirmadir. Unda geymerlar fazoviy stansiyada yuz bergan avariyani tadqiq etish taklif qilinadi. U yerda nimalar yuz berganini anglash uchun esa bazaning hamda unda yashaganlarning o‘tmishlarini «kavlashtirish»ga to‘g‘ri keladi.

Detektiv ishqibozlari Tacoma o‘yinini mana bu havola orqali Epic Games Store’dan olib qo‘yishlari mumkin. Next Up Hero o‘yini kabi, bunisi ham 30 iyuldan so‘ng yana pulli bo‘lib qoladi; demak – shungacha ulguring va bu xabarni do‘stlaringizga ham yetkazing.

O‘QING: 2020 yilning birinchi yarmidagi eng zo‘r 20 ta o‘yin

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!