Bu ilova WhatsApp’ni taxtdan ag‘dardi!

  •   DiMaX
  •  2072
  •  27.02.2020 17:59

Bu ilova WhatsApp’ni taxtdan ag‘dardi!

Sensor Tower tahlil kompaniyasi mobil ilovalar bozoridagi ayni damdagi holat bo‘yicha ma’lumotlarni ulashdi. Unga ko‘ra, musiqiy video ulashish servisi bo‘lgan TikTok yetakchilikni qo‘lga kiritgan.

O‘QING: Android-smartfonlar va iPhone’larga eng ko‘p yuklangan ilova hamda o‘yinlar ikkita reytingda

Aytish kerakki, uzoq vaqtlardan buyon WhatsApp messenjeri eng ko‘p ko‘chirib olinuvchi ilova sifatida birinchi o‘rinda bo‘lib kelgan. TikTok (xitoycha nomlanishi – Douyin) bu yilning yanvar oyida Google Play Store hamda App Store kataloglaridan jami 104 million marta yuklab olingan. Shu tariqa, u mazkur oyda eng ko‘p yuklangan ilovalar taxtidan WhatsApp’ni ag‘dargan.

TikTok ilovasini yuklab olishlar soni o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 46 foizga oshgan. 2019 yilning dekabridagi ko‘rsatkichlar bilan taqqoslaganda esa, yanvarda o‘sish 27 foizni tashkil etgan. Statistikaga ko‘ra, TikTok uchun ushbu davrda asosiy bozor Hindiston, Braziliya va AQSh bo‘lgan.

Umuman taqdim etilganidan buyon TikTok dasturini 1,82 milliard martadan oshiq ko‘chirib olishgan.

O‘QING: Mazkur tarmoqda bitta reklama 25 dona iPhone 11 Pro narxiga teng, lekin bu hali holvasi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!