«Bu ilovadan foydalanish xavfli!» – Telegram asoschisi yana chiqish qildi

  •   DiMaX
  •  5035
  •  31.01.2020 10:05

«Bu ilovadan foydalanish xavfli!» – Telegram asoschisi yana chiqish qildi

Eslasangiz kerak, foydalanuvchilarning iCloud servisida saqlanayotgan ma’lumotlarni Apple shifrlamay kelayotgani yaqinda ma’lum bo‘lgan edi. O‘shanda Telegram asoschisi Pavel Durov ushbu servis kishilarni kuzatishning rasmiy vositasiga aylanganini aytgandi.

O‘QING: Smartfoningizdagi 19 ta xavfli ilova: Facebook, Messenger, Shareit...

Pavel Durov kuni kecha yana bir bayonot bilan chiqdi va bu gal yana dunyodagi eng ommabop messenjer – WhatsApp ilovasini tanqid qildi. Telegram asoschisining ta’kidlashicha, uning mahsuloti bu messenjerdan har qanaqasiga olganda ham xavfsiz.

Durov bu gal Amazon rahbari Jeff Bezosning smartfonini xakerlar aynan WhatsApp orqali buzib kirishganiga e’tibor qaratgan. Uning ta’kidlashicha, mazkur vaziyatda aynan o‘zi bir necha oy avval ushbu bekdor haqida ogohlantirgan, ammo mazkur messenjerga egalik qiluvchi Facebook kompaniyasi mazkur himoya tirqishidan birov foydalangani haqida isbot yo‘qligini aytgandi.

Xabaringiz borki, dunyoning eng badavlat kishilaridan bo‘lgan va Jeff Bezosning smartfoniga xakerlar hujum qilishgan bunda Saudiya Arabistoni valiahdining ham qo‘li borligi aniqlangan. Bundan tashqari, Pavel Durov ham yana bir bor ta’kidlaganidek, bu messenjerning xavfidan hatto BMT rahbariyati ham ogohlantirgan.

Eslatib o‘tamiz, Telegram asoschisi avval ham WhatsApp hech qachon xavfsiz bo‘la olmasligini aytgan va sababini tushuntirgan.

O‘QING: Pavel Durov Apple va Google’ni “tarixdagi eng yirik qalloblar” dedi va fikrini izohladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!