Bu kamera mashina raqamini bir kilometr uzoqlikdan ham aniq ko‘rsata oladi!

  •   DiMaX
  •  1833
  •  25.07.2019 12:11

Bu kamera mashina raqamini bir kilometr uzoqlikdan ham aniq ko‘rsata oladi!

Odatiy kuzatuv kameralari juda yuqori sifatda tasvirga olmaydi va ularda mayda detallarni, masalan – kishining yuzini aniqlash qiyin kechadi. Fujifilm kompaniyasi taqdim etgan SX800 rusumli videokuzatuv kamerasi esa bu qarashlarni chilparchin qildi!

O‘QING: O‘zbekistonda yuzni tanish texnologiyasini joriy etishga Xitoy yordamlashadi

Fujifilm SX800 kamerasining asosiy o‘ziga xosligi – naq 40 karralik zumga ega ekanligidir. Shuning sharofati bilan u bir kilometr masofadan turib hatto avtomobilning davlat raqamini ham o‘qish imkonini beradi.

Yangicha kamerani davlatlar chegaralarida, aeroportlar va avtotrassalarda qo‘llashni tavsiya etishmoqda. Unga o‘rnatilgan ob’yektiv 1000 millimetrgacha fokus masofasiga ega. Shu boisdan SX800 kamerasi bir kilometr uzoqlikdagi ob’yektlarni ham batafsil tasvirga tushira oladi.

Fujifilm SX800 avtofokusi istalgan ob’yektga atigi 0,3 soniyada fokusni qarata oladi. Shuningdek, bu kamera tasvirni barqarorlashtirish tizimiga hamda tuman yoki jazirama sharoitlarda tasvir sifatini oshirish uchun kadrlarni qayta ishlash funksiyasiga ham ega. Gadjetning yorug‘lik sezuvchanligi (ISO) ko‘rsatkichini 819200 birlikkacha ko‘tarish mumkin, bu esa sifatli tungi s’yomkani ta’minlab beradi.

Yapon kompaniyasi mazkur kamerasini 26 iyuldan sotuvga chiqarishini aytgan, ammo narxini ma’lum qilmagan. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa nufuzli Canon kompaniyasining ayrim fotokameralarini 3 890 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish mumkin.

O‘QING: Yashirin kamera o‘rnatilgan: ijara kvartiralarida yoki mehmonxonalarda yashirin kamerani qanday topsa bo‘ladi?