Bu kompaniya eng kuchli flagmanlar reytingini ostin-ustun qilib yubordi! (AnTuTu, 2020 yil sentyabr)

  •   DiMaX
  •  2595
  •  12.10.2020 16:04

Bu kompaniya eng kuchli flagmanlar reytingini ostin-ustun qilib yubordi! (AnTuTu, 2020 yil sentyabr)

AnTuTu benchmarki jamoasi eng qudratli Android-smartfonlarning yangi global reytingini taqdim etdi. Uni tuzishda mazkur servisda sentyabr oyi davomida kamida 1000 ta tekshirib ko‘rilgan modellarning ENG YuQORI ko‘rsatkichlari asos qilib olingan (oldinlari reytinglarni o‘rtacha ko‘rsatkichiga ko‘ra tuzishar edi).

O‘QING: Realme’ning hamyonbop smartfoni AnTuTu’da hatto Galaxy S20 Ultra va Galaxy S20+ flagmanlarini «yer tishlatdi»!

Vivo kompaniyasi 17 avgust kuni o‘zining o‘yinbop modellarga moslashgan brendi ostida ikkita – iQOO 5 Pro hamda iQOO 5 geymerofonlarini taqdim etgan edi. iQOO brendining ushbu ikkita modeli kutilmaganda bu gal eng nomdor kompaniyalarning flagmanlarini ham yengib o‘tishdi – tegishlicha 663 752 ball bilan birinchi va 662 165 ball bilan ikkinchi o‘rinlar! Yana ham hayratlanarli jihati – bu qurilmalar eng zo‘r chipset bazasida emas, balki undan bitta oldingi – Qualcomm Snapdragon 865 protsessori asosida ishlab chiqilgan.

Kuchli uchlikni Xiaomi korporatsiyasining superflagmani – Mi 10 Extreme Commemorative Edition modeli egallagan. «Xitoycha Apple» o‘zining o‘n yillik yubileyida taqdim etgan ushbu telefonning global versiyasi Xiaomi Mi 10 Ultra deb nomlangan bo‘lib, biz uning barcha qismlari olib ko‘rsatilgan rasmiy videosini hamda to‘liq texnik jihatlarini ham chiqarganmiz.

O‘QING: Xiaomi Mi 10 Ultra’ning taqdimotda aytilmagan yana bir siri ochildi!

Reytingdagi dastlabki to‘rtta o‘rinni ham Snapdragon 865 chipli smartfonlar egallagan bo‘lsa, Qualcomm kompaniyasining undan ham zo‘r – Snapdragon 865 Plus protsessori bazasidagi modellar faqat beshinchi va oltinchi o‘rinlarnigina egallagan. Ya’ni, Lenovo kompaniyasi 22 iyulda chiqargan, o‘shangacha xabarlarda Lenovo Legion deb kelingan Legion Duel (yana bir nomi – Lenovo Legion Pro) geymerofoni beshinchi pog‘onadan joy oldi. Asus kompaniyasi o‘sha kuni taqdim etgan eng zo‘r o‘yinbop smartfon – ROG Phone 3 modeli esa oltinchi bo‘ldi. Hayron qolarli yana bir jihat – ayni shu flagman avgust oyi global reytingida yetakchi bo‘lgan edi!

Reytingdagi dastlabki to‘rtta o‘rinni ham Snapdragon 865 chipli smartfonlar egallagan bo‘lsa, Qualcomm kompaniyasining undan ham zo‘r – Snapdragon 865 Plus protsessori bazasidagi modellar faqat to‘rtinchi beshinchi o‘rinlarnigina egallagan. Ya’ni, Lenovo kompaniyasi 22 iyulda chiqargan, o‘shangacha xabarlarda Lenovo Legion deb kelingan Legion Duel (yana bir nomi – Lenovo Legion Pro) geymerofoni to‘rtinchi pog‘onadan joy oldi. Asus kompaniyasi o‘sha kuni taqdim etgan eng zo‘r o‘yinbop smartfon – ROG Phone 3 modeli esa beshinchi bo‘ldi. Hayron qolarli yana bir jihat – ayni shu flagman avgust oyi global reytingida yetakchi bo‘lgan edi!

Eng qudratli smartfonlar o‘ntaligiga keyingi o‘rinlarni yana Snapdragon 865 chipli Black Shark 3S, Oppo Find X2 Pro, OPPO Find X2 hamda Xiaomi Mi 10 Pro smartfonlari kirgan.

O‘QING: Exynos 1080 anonsi berildi va u allaqachon Snapdragon 865+’ni ham yengib, AnTuTu’da rekord o‘rnatdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.