Bu mamlakatdagi o‘nta smartfondan oltitasi – iPhone. Qolganlari-chi?

  •   DiMaX
  •  1555
  •  28.11.2020 15:53

Bu mamlakatdagi o‘nta smartfondan oltitasi – iPhone. Qolganlari-chi?

Biz oldinroq 2020 yilning 3-choragida smartfon bozoridagi daromadning 93 foizini ikkitagina kompaniya bo‘lishib olgani haqida xabar bergan edik. Counterpoint Research shu davrda Kanada smartfon bozoridagi holat haqida ma’lumot e’lon qildi.

O‘QING: iPhone va Xiaomi smartfonlari importiga to‘siq qo‘yilmoqda

Aksariyat mamlakatlardan farqli ravishda, hisobot davrida Kanada smartfon bozori 13 foizga o‘sgan. Lekin hayratlanarlisi – bu bozorning 86 foizini yana ikkitagina kompaniya band etgan.

Ushbu mamlakatda smartfon bozorining 56 foizi Apple kompaniyasining turli modellari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Ya’ni, yilning uchinchi kvartalida Kanadada sotilgan har o‘nta smartfondan oltitasi – ayfon, deyish mumkin. Ikkinchi o‘rinni olgan Samsung telefonlari esa bozorning 33 foizini tashkil etmoqda.

Kanada smartfon bozorida keyingi o‘rinlarni LG, Google hamda Motorola (tegishlicha 4%, 3% va 3% ulush bilan) kompaniyalari egallashgan.

Kanadaliklar ushbu davrda eng ko‘p sotib olgan smartfon – o‘tgan yilgi iPhone 11 modelidir. Kuchli beshlikka kirgan yana to‘rttasi esa Samsung mahsulotlaridir.

Turli iPhone’lardan tashqari, mazkur mamlakat aholisi orasida quyidagi smartfonlar ommabop ekan: Galaxy S10 va Galaxy S20 turkumlari, Galaxy A51, LG Velvet 5G, LG K51, LG K41S, Pixel 4a hamda Moto E (2020) modellari.

O‘QING: Samsung’ning eng arzon 5G-smartfoni – Galaxy A32 ilk suratlarda!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!