Bu messenjer orqali sizning smartfoningizni ham buzib kirishlari mumkin, undan ehtiyot bo‘ling!

  •   DiMaX
  •  935
  •  11.10.2018 12:09

Bu messenjer orqali sizning smartfoningizni ham buzib kirishlari mumkin, undan ehtiyot bo‘ling!

Garchi Apple o‘z qurilmalari tizimini mustahkam himoyalasa-da, xakerlar ham anoyilardan emas. Ular ayfon tizimini buzib kirish uchun boshqa ilovalar himoyasidagi «tirqish»lardan foydalanishni o‘rganib olishgan.

O‘QING: iPhone himoyasini buzish yo‘li topildi! Undan qanday himoyalanishni o‘rganib qo‘ying! (+«jonli» video)

Jumladan, dunyodagi eng ommabop messenjer – WhatsApp’ning iPhone uchun ishlab chiqilgan kliyentida shunday xavfli zaiflik mavjudligi aniqlangan. Xaker undan foydalanish uchun ayfon foydalanuvchisiga WhatsApp orqali qo‘ng‘iroq qilib, bunda RTP to‘plamlarini o‘zgartirishi kifoya ekan.

Xakerlik hujumi qurboni uning messenjer orqali qo‘ng‘irog‘ini qabul qilayotib, buning xavfini sezmaydi ham. Xaker bo‘lsa shu yo‘l orqali uning smartfonidagi fayllarga va ayrim funksiyalarga kira oladi.

O‘QING: WhatsApp’dagi maxfiy funksiya orqali suhbatdoshning joylashuvini kuzatsa bo‘ladi!

Buni aniqlagan Google Project Zero mutaxassislarining ta’kidlashlaricha, mazkur «tuynuk» chindan ham xavfli. Ular bu zaiflikni avgustdayoq payqashgan va zudlik bilan WhatsApp dasturchilariga xabar berishgan. Messenjer jamoasi tezkorlik bilan muammoni hal etib, ilovani yangi talqinda chiqarishgan. Ammo keng jamoatchilikka bularning bari keni kechagina ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, mazkur «tirqish» ushbu messenjerning Android-versiyalarida ham mavjud bo‘lgan va oxirgi apdeytlarda u bartaraf etilgan. Shu bois, agarda siz o‘z smartfoningizda WhatsApp’ning eski versiyalarini ishlatayotgan bo‘lsangiz, uni so‘nggi talqiniga qadar yangilab olishni kechiktirmang!

O‘QING: Wi-Fi tarmog‘ida xavfsizlikni ta’minlash uchun 5 maslahat

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!