Bu messenjer qip-qizil josus ekan-ku!

  •   DiMaX
  •  2149
  •  29.07.2020 10:57

Bu messenjer qip-qizil josus ekan-ku!

Bugungi kunda turli gadjetlar va ilovalar foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlashlari haqidagi xabarlarga tez-tez duch kelyapmiz. Eset kompaniyasi mutaxassislari messenjer ko‘rinishida josuslik qiluvchi yana bir ilovani aniqlashdi.

O‘QING: Ushbu ilovalar smartfoningizda bo‘lsa, tezda o‘chirib qutuling!

Bu yerda gap Android operatsion tizimida ishlovchi smartfonlar uchun chiqarilgan Welcome Chat ilovasi haqida ketyapti. Aniqlanishicha, uning operatorlari foydalanuvchilarning shaxsiga oid ma’lumotlarni internetga chiqarib kelishayotgan ekan.

Ta’kidlb o‘tish kerakki, Welcome Chat ilovasi Google Play rasmiy do‘koni emas, balki o‘zining veb-sayti orqali tarqatiladi. Uni o‘rnatayotganda tizim bu dastur qurilmaning sozlamalariga ruxsat so‘rashidan ogohlantiradi. Lekin foydalanuvchilarning ko‘pchiligi odatda bu kabi ogohlantirishlarni o‘qib o‘tirmasdan, rozilik berib yuboraveradi.

Welcome Chat smartfon sozlamalaridan tashqari, SMS-xabarlarni ko‘rish va jo‘natishga, xotiradagi fayllarni ko‘rish, audio yozib olish, geolokatsiya va boshqa ma’lumotlarga ham ruxsat so‘raydi. Bularga izn berilgach, messenjer C&C-serverdan buyruqlar olishni va smartfon orqali to‘plangan ma’lumotlarni u yoqqa jo‘natishni boshlaydi.

Ushbu ilova asosan Yaqin Sharq hududidagi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan. Mutaxassislarning taxminicha, uning ortida Molerats nomi bilan ham tanilgan Gaza Hacker kiberjinoyatchilar guruhi turibdi.

O‘QING: Ushbu 17 ta ilovani smartfoningizdan hoziroq o‘chirishingiz kerak!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!