Bu messenjerning xavfidan hatto BMT rahbariyati ham ogohlantirgan!

  •   DiMaX
  •  4960
  •  25.01.2020 13:27

Bu messenjerning xavfidan hatto BMT rahbariyati ham ogohlantirgan!

Birlashgan Millatlar Tashkiloti rahbariyati o‘z xodimlariga ish bo‘yicha muloqotlar hamda muhim xabarlashuvlar uchun WhatsApp ilovasidan foydalanmaslikni tavsiya etgan. Bu haqda BMT bosh kotibi rasmiy vakilining o‘rinbosari Farhon Haq aytgan.

O‘QING: WhatsApp haqida siz bilgan va bilmagan faktlar

«Himoyalanmagan aloqa mexanizmi bo‘lgani uchun, ayni damda BMT rahbariyatida WhatsApp ishlatmaslik tavsiya etilgan. Shunday ekan, bosh kotib Antoniu Guterresh undan foydalanmaydi, deb o‘ylayman», – degan Farhon Haq. Uning qo‘shimcha qilishicha, BMT xodimlariga mazkur ilovadan voz kechish bo‘yicha rasmiy buyruq 2019 yilning iyunidayoq berilgan ekan.

Amazon rahbari Jeff Bezosning smartfonini xakerlar aynan shu ilova orqali buzib kirishgani va bunda Saudiya Arabistoni valiahdining ham qo‘li borligi haqidagi savolga BMT vakili javob bermagan. Bu borada biror fikr bildirish uchun tashkilotga ko‘proq ma’lumot kerak bo‘lishini aytgan, xolos.

Aytib o‘tish o‘rinliki, Telegram asoschisi Pavel Durov ham WhatsApp hech qachon xavfsiz bo‘la olmasligini aytgan va sababini tushuntirgan. Bundan tashqari, u yana bir yirik servis haqida jiddiy bayonot bilan chiqish qilgan...

O‘QING: Telegram asoschisi: «Bu servis endi rasman sizlarni kuzatish jihoziga aylangan!»

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!