Bu mobil o‘yin atigi uch oyda salkam yarim milliard dollar daromad keltirdi!

  •   DiMaX
  •  4235
  •  16.10.2019 11:11

Bu mobil o‘yin atigi uch oyda salkam yarim milliard dollar daromad keltirdi!

PlayStation Blog versiyasiga ko‘ra, o‘tgan yili Call of Duty eng yaxshi tarmoq o‘yini, deb topilgan edi. Activision kompaniyasi ushbu dasturiy mahsulotining bepul mobil versiyasini yaqindagina chiqargan.

O‘QING: Mobil o‘yinlar tarixida misli ko‘rilmagan rekord! (+video)

Lekin yana bir ommabop o‘yin – PUBG Mobile boshqa jihatdan barchasini quvib o‘tdi – u ishlab chiquvchilarga katta daromad keltirdi, deyishadi Sensor Tower tahlilchilari. PlayerUnknown's Battlegrounds o‘yinining bepul mobil versiyasi 2019 yilning uchinchi choragida 496 million dollar daromad keltirgan. Bu esa 2018 yilning shu davridagiga nisbatan naq 652 foizga katta ko‘rsatkich!

Taqqoslash uchun keltirib o‘tsak: Osiyo bozorida yetakchilik qilayotgan Honor of Kings hamda Fate/Grand Order o‘yinlari uchinchi chorakda mos ravishda 377 million va 354 million dollar to‘plagan, xolos.

O‘QING: Sony’ning saxiyligi tutdi: PS4 o‘yinlari endi barcha smartfonlarda!

Garchi atigi to‘rtinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa-da, Pokemon GO – joriy yilning uchinchi choragida daromadi eng tez o‘sgan o‘yin bo‘ldi, deydi Sensor Tower. Ushbu davrda u 308 million dollar, ya’ni ikkinchi chorakdagidan ko‘ra 63 foizga oshiq pul ishlab topgan. Yaqindagina App Store va Google Play’da jahon rekordini yangilagan bo‘lsa-da, Mario Kart Tour serdaromad o‘yinlar cho‘qqisiga chiqa olmagan. Lekin u eng ko‘p yuklanib oluvchi loyihalar reytingida uchinchi o‘rinni band etgan.

Sensor Tower tadqiqoti xulosalariga ko‘ra, 2019 yilning uchinchi choragida mobil o‘yinlardan tushgan umumiy daromad 16,3 milliard dollarni tashkil etgan.

O‘QING: O‘yin – faqat zarar emas: 15 yoshli bolakay Fortnite o‘ynab millionerga aylandi!