Bu operator abonentlari endi uydan chiqmasdan VISA kartasini ochishlari mumkin!

  •   DiMaX
  •  1336
  •  21.04.2021 09:21

Bu operator abonentlari endi uydan chiqmasdan VISA kartasini ochishlari mumkin!

Beeline uyali aloqa operatori kuni kecha yutuqqa jami 15 dona Huawei P40 hamda 30 dona Huawei P40 Lite smartfonlari, shuningdek 15 tadan Huawei MediaPad T10 plansheti va Huawei GT2 smart-soati qo‘yilgan tanlovni e’lon qilgan edi. Endi esa u Beeline Uzbekistan mobil ilovasi foydalanuvchilari uchun ajoyib yangilik ulashdi.

O‘QING: «Oltin to‘lov» aksiyasi: 12 maygacha operator har kuni bittadan sovrin beryapti!

Mazkur kompaniya Ravnaq Bank bilan hamkorlikda «Beeline VISA» xizmatini ishga tushirdi. Bu esa Beeline abonentlariga uydan chiqmagan holda VISA virtual kartasini ochish orqali bank xizmatidan foydalanish imkonini beradi.

Buning uchun abonent Beeline Uzbekistan ilovasini eng so‘nggi versiyasiga yangilashi kerak.

Xabarga ko‘ra, «Beeline VISA» hozircha Android tizimli qurilmalar foydalanuvchilari uchun amal qiladi. Xizmat yaqin kunlarda iOS platformasidagi gadjetlar foydalanuvchilari uchun ham yo‘lga qo‘yiladi.

«Beeline VISA» xizmati haqidagi batafsil ma’lumotlarni mana bu havola orqali operator saytidan olishingiz mumkin.

O‘QING: «Juma Muborak»: operatordan har hafta yangi bonus, aksiya va noyob chegirmalar!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!