Bu operator xizmatlariga endi ID-karta yordamida ham ulana olasiz!

  •   DiMaX
  •  794
  •  03.02.2021 12:00

Bu operator xizmatlariga endi ID-karta yordamida ham ulana olasiz!

Kuni kecha biz endi ID-karta yoki milliy haydovchilik guvohnomasidan foydalangan holda bank xizmatlaridan foydalanishlari mumkinligi haqida yozgan edik. Yurtimizda yangi joriy etilgan identifikatsiya kartasining qo‘llanish ko‘lami kengayishda davom etmoqda.

O‘QING: ID-karta uchun Yagona portal orqali ariza topshirish mumkin

«O‘zbektelekom» aksionerlik jamiyati o‘z mijozlariga Kompaniyaning barcha xizmatlarini ulashda va ulardan foydalanishda shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida identifikatsiya kartasini taqdim etish imkoni mavjudligi to‘g‘risida xabar berdi.

Endilikda O‘zbekiston fuqarosining pasporti bilan teng ravishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat sifatida Kompaniyaning barcha xizmatlaridan cheklovlarsiz ulanish va foydalanishda fuqarolarning identifikatsiya kartalari (ID-kartalari) qabul qilinadi, deb yozadi Uztelecom.

Aytish kerakki, O‘zbekiston fuqarosining ichki pasporti o‘rnini bosuvchi identifikatsiya kartalarini (ID-kartalar) berish butun O‘zbekiston bo‘ylab 2021 yil 4 yanvaridan boshlangan.

Identifikatsiya kartada karta egasining biografik ma’lumotlari, raqamli fotosurat, barmoq izlari (16 yoshga to‘lganida), elektron raqamli imzo kalitining sertifikati (16 yoshga to‘lganda) mavjud bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, biometrik pasport o‘rniga olinadigan ID-karta haqida batafsil ma’lumotni mana bu maqolamizdan olishingiz mumkin. Shuningdek...

O‘QING: ID-karta – universal pasport: barcha ma’lumotlar bitta kartada (+videoqo‘llanma)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.