Bu operator yana biryo‘la ikkita xushxabar tarqatdi!

  •   DiMaX
  •  2452
  •  02.10.2020 12:11

Bu operator yana biryo‘la ikkita xushxabar tarqatdi!

Kuni kechagina biz Mobiuz kompaniyasining ikkita – yangi tarif rejasi haqidagi va aksiya xususidagi xabarlarini e’lon qilgan edik. Mazkur uyali aloqa operatori o‘z abonentlarini xursand qilishdan to‘xtamayapti!

O‘QING: Oyiga 20 ming megabaytlik «Talaba+» tarif rejasi ham chiqdi!

Operator keyingi kunlarda chiqargan ikkita xushxabardan biri «Internet-to‘plamlar narxining tushirilishi» nomli kuzgi aksiya bo‘ladi. Uning doirasida 1 oktyabrdan oylik internet-to‘plamlarning narxlari pasaytirilgan.

«Internet-to‘plamlar narxining tushurilishi» aksiyasi kuzning oxirigacha – 30 noyabrgacha (shu kuni ham) amal qiladi. Uning shartlari bilan to‘liq tanishish uchun ushbu havola orqali o‘tasiz.

Ikkinchi xabarga ko‘ra, yuqoridagi aksiya doirasida «OnNet» xizmati ham arzonlashgan. Endi Mobiuz abonentlari har oyda avtomatik uzaytirib boriladigan internet-to‘plamlarni arzonroqqa ulatib olishlari mumkin.

«OnNet» xizmatidagi pasaytirilgan narxlar ham 30 noyabrgacha (shu kuni ham) amal qiladi. Mazkur xizmat shartlari bilan mana bu havola orqali operator saytida tanishish mumkin.

O‘QING: «MEGAbaytlar +25%» aksiyasining muddati yana uzaytirildi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!