Bu rekordchi flagman atigi 15 daqiqadayoq to‘liq quvvatlanib ulguradi!

  •   DiMaX
  •  1178
  •  15.04.2020 11:56

Bu rekordchi flagman atigi 15 daqiqadayoq to‘liq quvvatlanib ulguradi!

Xiaomi «Sayyoramizdagi eng qudratli smartfon» deya maqtagan Black Shark 3 geymerofonini ZTE’ning Nubia kompaniyasiga qarashli Red Magic 5G modeli AnTuTu’da tor-mor etgan. Lenovo esa Legion smartfoni bilan ularning barchasini yakson etishga so‘z bergan.

O‘QING: Black Shark 3 hamda Red Magic 5G geymerofonlarini yakson etuvchi Lenovo Legion ilk rasmiy suratda!

Lenovo kuni kecha Legion geymerofonining rekordchi jihatini e’lon qilgan – u naq 90 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega dunyodagi ilk smartfon bo‘lyapti:

Aytish kerakki, bugungacha chiqqan smartfonlar orasida tezkor zaryadlashning maksimal quvvati 65 vattlik bo‘lib, u ham hozircha bittagina modelda mavjud.

O‘QING: Oppo Ace 2 namoyish qilindi: ko‘p tomonlama rekordchi flagman!

Shuningdek, ishlab chiqaruvchi ushbu o‘yinbop smartfonning yana bitta rekordini aytib maqtandi. Ya’ni, ushbu tezkor quvvatlash texnologiyasi evaziga Lenovo Legion modelining 4000 mA/soatlik akkumulyatori atigi 15 daqiqada to‘ladi!

Lekin masalaning yana bitta tomoni bor, deyishmoqda ayrim kuzatuvchilar. Garchi yuqoridagi poster kompaniyaning Weibo tarmog‘idagi rasmiy sahifasida e’lon qilingan bo‘lsa-da, bu umumiy ma’lumot bo‘lishi mumkin. Ya’ni, uning tezkor quvvatlash texnologiyasi istalgan bir 4000 mA/soatlik batareyani 15 daqiqada to‘ldira olishi nazarda tutilayotgan bo‘lishi ehtimoli mavjud. Legion modelining o‘yinbop smartfon ekanini hisobga olsak, uning batareyasi yanada sig‘imdor bo‘lishi kerak.

Nima bo‘lganda ham, Lenovo rasman e’lon qilishicha, Legion’ning faqat eng qimmat biror modifikatsiyasida emas, balki barcha variantlarida 90 vattlik tezkor zaryadlash texnologiyasi mavjud. Afsuski, uning taqdimot kuni borasida biror yangilik yo‘q.

O‘QING: Eng zo‘r flagmanlarda eng keraksiz va hatto zararli bir funksiya bor!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!