Bu safar rasman: Galaxy S23 smartfonlari taqdim qilindi!

Bu safar rasman: Galaxy S23 smartfonlari taqdim qilindi!

Uzoq kutishlar va yanvar oyi to‘la ma’lumotlar tarqatilishidan so‘ng Samsung vanihoyat o‘zining 2023 yil uchun yangi avlod flagmanlarini taqdim qildi. Galaxy S23, Galaxy S23+ va Galaxy S23 Ultra smartfonlari yangilangan dizayn, yaxshilangan texnik xususiyatlar va kuchli kameralarda, lekin o‘zgarmagan narxda taqdim qilindi.

Samsung Galaxy S23 smartfonlari kapot ostida yangi chipsetdan boshlab yangi xususiyatlarga ega. Bir necha yildan beri Samsung ilk marotaba o‘zining flagman smartfonlarining barcha modellari uchun faqat bitta chipdan foydalanmoqda. Galaxy S23, Galaxy S23+ va Galaxy S23 Ultra smartfonlari Qualcomm faqatgina ular uchun maxsus ishlab chiqqan "Snapdragon 8 Gen 2 for Galaxy" chipseti bilan jihozlangan va bu barcha hududlar, AQShdan tortib Yevropa modellarigacha taalluqlidir. Aytish kerakki, bu hozirgi Android smartfonlar uchun mavjud bo‘lgan eng kuchligi Snapdragon chipseti hisoblanadi.

Seriyadagi eng kichkina model, Galaxy S23, o‘tgan yilgisiga qaraganda ancha yorqinroq displeyga ega. Uning FHD+ rezolyusiyali 6.1 dyuym o‘lchamdagi ekrani 120 gers yangilanish tezligiga ega va u 1750 nit yorqinlikkacha chiqa oladi. Shuningdek, uning batareyasiga kuchiga yanada ko‘proq kuch qo‘shilgan: smartfon 3900 mA/soat batareya sig‘imiga ega. Bu o‘tgan yilgi xuddi shu model batareyasidan 200 mA/soatga ko‘proq. Agar batareya quvvati tugab qolsa uni 25 Vt tezlikda simli yoki 15 Vt tezlikda simsiz zaryadlab olish mumkin.

Galaxy S23+ modeliga keladigan bo‘lsak, uning 6.6 dyuymli ekrani oddiy modelniki kabi xususiyatlarga ega. Plus model ham batareya borasida 200 mA/soat "+"ga ega, ya’ni u 4700 mA/soat batareya bilan jihozlangan va uni 45 Vt tezlikda zaryadlash mumkin.

Ikkala model ham bir xil dizayn va kamera joylashuviga ega. Selfilar uchun mo‘ljallangan old kamera 12MP va u 4K formatida sekundiga 60 kadr tezlikda videoga olishi mumkin. Orqa tomonda esa Galaxy S22 bilan chiqarilgan 50MP asosiy sensor, 3x optik zum qilish qobilyatiga ega bo‘lgan 10MP telefoto va 12MP ultra-keng kameralar mavjud. Ular bilan 8K&30fps yoki 1080p&120fps videolar olish imkonini beradi.

Galaxy S23 Ultra, seriyaning "qirol" modeli boshqa modellarniki bilan bir xil chipsetga ega, lekin boshqa tomonlarda ancha yaxshiroq texnik xususiyatlarga ega. Ultra'ning 6.8 dyuymli QHD+ ekrani pastki modellarniki kabi yangilanish tezligi, hamda, maksimal yorug‘lik xususiyatlarini taklif qiladi, albatta, S Pen qo‘llab-quvvatlanishi bilan birga. Qurilma xuddi "rahmatli" Note smartfonlari kabi S ruchkasini o‘z bag‘riga olgan. Ta’kidlash joizki, displey yon tomonlari birozgina egilgan, biroq u Galaxy S22 Ultra'ga nisbatan sezilarli darajada tekisroq ekranga ega.

Ultra'ni yanada "Ultra" qiladigan yangilik esa uning kamerasida: 200MP asosiy kamera yanada ko‘proq detallarga ega tasvirlar olish imkonini beradi. Ushbu moslashuvchan tetra-piksel sensor yorug‘lik kam bo‘lganida ham aniq va tiniq suratlar olish uchun 16 piksellarni birlashtirish bilan 12 megapikselli yorqin suratlar, standart yorug‘lik sharoitlarida esa 4 ta piksellarni birlashtirish bilan esa 50 megapikselli suratlar olish qobilyatiga ega. Bundan tashqari orqa kameralar sxemasi 12MP ultra-keng va ikkita – biri 3x, boshqasi 10x bo‘lgan 10MP telefoto linzalarni o‘z ichiga oladi. Bularning barchasi 5,000 mA/soat batareyadan quvvat oladi. Batareyaning o‘zi esa 45 Vt tezlikda zaryadlanadi.

Yana bir sezilarli o‘zgarish smartfonlar xotirasida. Faqatgina Galaxy S23'ning o‘zi 128 GB bazoviy xotira bilan boshlanadi, Plus va Ultra modellar esa 256 GB. Ikki yuqori modellarning 512 GB xotira variantlisi ham mavjud. Ultra model, shuningdek, 1TB xotira bilan ham taklif qilinadi. Ultra’ning 512 GB va 1 TB variantlilarini 12 GB, qolgan barcha modellarni esa 8 GB operativ xotira bilan topishingiz mumkin.

Kutilganidek, smartfonlar One UI 5.1 yangilanishi bilan birga keladi va ular to‘rt yillik operatsion tizim, hamda, 5 yillik xavfsizlik yangilanishlarini qabul qilishadi.

Qo‘shimchasiga shuni aytish mumkinki, barcha smartfonlar Gorilla Glass Victus 2 bilan himoyalangan, Wi-Fi 6E texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi va ekran ostida ultrasonik barmoq izini aniqlash sensori bilan ta’minlangan.

Smartfonlar qora, yashil, lavender va krem ranglarida chiqarilgan. Narxlariga keladigan bo‘lsak, Galaxy S23 modeli 799, Galaxy S23+ modeli 999 va Galaxy S23 Ultra modeli 1199 dollardan boshlanadi. Ularga O‘zbekistonda ham Samsung rasmiy saytidan hozirdan buyurtma berish mumkin.

O‘QING: Instagram asoschilari yangi ijtimoiy tarmoq bilan qaytishmoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!