Bu safar rasman: Xiaomi 12T seriyasi 200MP kamerali smartfon bilan qachon chiqarilishi ma'lum qilindi 

Bu safar rasman: Xiaomi 12T seriyasi 200MP kamerali smartfon bilan qachon chiqarilishi ma'lum qilindi 

Bir necha oylik mish-mishlardan so'ng, Xiaomi kompaniyasi rasman yana bir qator smartfonlar, Xiaomi 12T seriyasini chiqarishini ma'lum qildi. Garchi aynan qaysi modelligini aytmagan bo'lsa ham, kompaniya yangi seriyada 200MP kameraga ega smartfon bo'lishini ham tasdiqlagan. Xabarlarga ko'ra, bu (katta ehtimol bilan) Xiaomi 12T Pro modeli bo'lishi mumkin.

Xiaomi 12T seriyasi ikki modelni o'z ichiga oladi: Xiaomi 12T va Xiaomi 12T Pro. Oddiy modeldan farqli o'laroq, Pro model Samsung'ning 200 megapikselli kamera sensori, ISOCELL HP1 bilan jihozlangan bo'ladi. Biz bu sensorni Motorola o'tgan oyda taqdim qilgan Edge 30 Ultra smartfonida ko'rgan edik. Xiaomi 12T Pro bunday sensorga ega dunyodagi ikkinchi smartfon bo'ladi.

200MP kamera yolg'iz emas. Unga 8 megapikselli ultra-keng va 2 megapikselli makro kameralar yordamchilik qiladi. Xuddi shunday qo'shimcha kameralar bilan oddiy model 108MP asosiy kameraga ega bo'lishi kutilmoqda.

"Xo'sh, 200MP bo'lsa nima qilibdi?", "Buni qanday karomati bor?" deganlar uchun Xiaomi o'zining Twitter sahifasida bir nechta videolar bilan ulashdi. Unda 200MP kameraning afzalliklari bilan tanishish mumkin.

Masalan, 200MP kameraning plus tomonlaridan biri, siz olgan suratingizni qirqqaningizda ham, kesib olingan surat xira bo'lib qolmaydi, yoxud piksellar zichligi sabab kesilgan tasvir ham tiniqligicha qoladi.

Qolaversa siz tunda, qorong'ulikda ham Ultra Night Video rejimi bilan yorqin videolarni tasvirga olishingiz mumkin bo'ladi. 

Texnik xususiyatlarga keladigan bo'lsak, Xiaomi 12T Pro smartfoni 6.67 dyuymli, 120 gerts yangilanish tezligiga ega, AMOLED ekran va Qualcomm'ning Snapdragon 8+ Gen 1 chipseti bilan, Xiaomi 12T esa 6.7 dyuymli, 120 gerts yangilanish tezligiga ega OLED ekran bilan MediaTek Dimensity 8100 chipseti bilan chiqarilishi kutilmoqda.

Xiaomi bu yangi smartfonlarni yana bir nechta "mega" mahsulotlar bilan rasman 4-oktabr kuni taqdim qiladi.

O'QING: Galaxy S23 Ultra'ning renderlari e’lon qilindi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!