Bu safar render emas: Xiaomi 13 Pro jonli suratlarda!

Bu safar render emas: Xiaomi 13 Pro jonli suratlarda!

Xiaomi kompaniyasi ertaga o'zining yangi avlod flagmanlari – Xiaomi 13 seriyasini taqdim qilishga tayyorlanmoqda. Biroq taqdimotdan avval bo'lajak smartfonlar jonli suratlarda tarqalib ketdi.

Insayder Abhishek Yadav o'zining Twitter sahifasida Xiaomi 13 Pro smartfoni jonli suratini ulashdi. Ko'rish mumkinki, dizayn avval tarqatilgan renderlarni to'g'ri ekanligini tasdiqlaydi yoxud smartfonning orqa tomonidagi kvadrat kamera orolida uchlik kameralar joylashgan va u yerda Leica yozuvi bilan LED chirog'i mavjud. Shuningdek, smartfon orqa yon tomonlari chetlari egilgan.

Bir necha kun oldingi Xiaomi o'zi ulashgan tizer suratlarda payqab qolinganidek, Xiaomi 13 Pro yon tomonlari egilgan bo'lishini jonli suratlarda ham ko'rish mumkin. Qolaversa, smartfon ekrani chetlarini o'ragan qora ramka ham sezilarli darajada ingichka qilingan. Ekran yuqori markazida selfi kamera joylashgan yumaloq teshikni ham ko'rish mumkin.

Xiaomi 13 Pro smartfoni Snapdragon 8 Gen 2 chipi bilan Android 13'ga asoslangan MIUI 14 versiyasida ishlaydi. Smartfon ertaga taqdim qilinishi kutilmoqda.

O'QING: Samsung flagmani va Vivo X90 Pro+ bilan olingan suratlar taqqoslandi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!