Bu safargi iPhone SE unchalik "yemadi"

Bu safargi iPhone SE unchalik

Xabarlarga ko‘ra, Apple o‘zining iPhone SE 3 smartfonlarini keyingi chorakda rejalashtirilganidan 20 foiz kamroq, shuningdek, AirPods simsiz quloqchinlarini 2022 yil uchun 10 millionta kam ishlab chiqaradi. Bunga Ukraina va Rossiya o‘rtasida bo‘layotgan voqealar va inflatsiya asosiy sabab bo‘layotgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. 

Shuningdek, Apple tahlilchisi Ming-Chi Kuo bergan ma’lumotlarga qaraganda, garchi hozirda Xitoyning Shanghai shahri Covid kasalligining ko‘payishi sabab qat’iy izolyasiyaga tushganligi iPhone SE ishlab chiqarilishiga ta’sir qilmasada, uni yetkazib berilishi uzoq vaqtga cho‘zilishi va ularni do‘konlardan olib ketish imkonsiz bo‘lishi mumkin.

Shu ham ta’kidlash kerakki, yangi avlod iPhone SE smartfoni o‘zgartirilmagan dizaynda chiqarilganligi smartfon muxlislari hafsalasini pir qilgan bo‘lishi mumkin. Uning faqat ichki yangilanishlar bilan chiqarilganligi va oldingisidan $30 qimmatroq ekanligi foydalanuvchilarni sotib olishdan to‘xtatayotgan bo‘lishi ham mumkin. 

 

O‘QING: WWDC 2022 tadbiri qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.