«Bu senga Toshkent emas»: Rekordni rasman qayd etmoqchi bo‘lgan Tesla Model S poyga trassasida ishdan chiqdi!

  •   DiMaX
  •  2204
  •  23.09.2019 17:04

«Bu senga Toshkent emas»: Rekordni rasman qayd etmoqchi bo‘lgan Tesla Model S poyga trassasida ishdan chiqdi!

Yaqindagina Ilon Mask o‘zining Twitter-blogida Tesla elektrokarining yana bir yutug‘i haqida xabar berdi. Unga ko‘ra, Model S elektromobili poyga trassasida yangi rekord o‘rnatgan.

O‘QING: Tesla Model S poyga trassasida jahon rekordini yangiladi! (+video)

Mazkur poyga natijalari rasmiy bo‘lmagani bois, kompaniya ushbu rekordni rasman qayd etishga qaror qildi. Biroq bu gal mashhur poyga trassasida harakatlanayotib, uning nimasidir ishdan chiqdi va u to‘xtab qoldi. Natijada trassadan uni evakuator yordamida olib chiqib ketishga to‘g‘ri keldi.

Tesla vakillari Model S modelining keyingi sinovlarini vaqtincha to‘xtatib turishlarini hamda uning xususiyatlarini yaxshilashda davom etishlarini aytishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston prezidentining kuyovi Toshkent ko‘chalarida avtomashinani tezlikni oshirib haydagani va buning uchun o‘z ixtiyori bilan jarima to‘lagani ancha shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi. Ushbu qoidabuzarlik aynan Tesla avtoulovida sodir etilgan bo‘lib, uning ayni shu – Model S elektromobili bo‘lishi ehtimoli yuqori.

O‘QING: Otabek Umarov haydaydigan "Tesla" qanday avtomobil?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!