Bu shunchaki tirqish emas, u bilan o'yin o'ynash mumkin!

Bu shunchaki tirqish emas, u bilan o'yin o'ynash mumkin!

Apple yaqinda taqdim qilgan iPhone 14 smartfonlarining Pro modellari, kutilganidek, tabletka shaklidagi tirqish bilan chiqarildi. Bu safar ular shunchaki tirqish emas. Kupertinolik kompaniya hech kimning hayoliga kelmaydigan innovatsiya bilan yana hammani lol qoldirdi. Yangi tirqish "Dynamic Island", ya'ni "dinamik orol" deb ataladi va u foydalanilayotgan ilovalar haqida qo'shimcha ma'lumotlar ko'rsatib turadi. 

Apple uchinchi tomon ilovalariga ham dinamik oroldan foydalanish imkonini beradi, ya'ni dasturchilar o'z ilovalarida tirqish xususiyatlarini yaratishlari mumkin. Lekin, MacRumors bergan ma'lumotlarga ko'ra, nafaqat ilova, balki, o'yin ishlab chiqaruvchilari ham dinamik orol bilan o'z kreativliklarini uyg'unlashtirishayotgan ko'rinadi.

WaterMinder, HabitMinder kabi ilovalar dasturchisi, Kriss Smolka, o'zining Twitter sahifasida dinamik orol bilan o'ynaladigan "Hit the Island" nomli oddiy o'yin konseptini taqdim qildi. Demo o'yinda, ekran pastidagi tayoq bilan koptokni dinamik orolga yo'naltirish, ya'ni uni urush kerak. Har safar koptok dinamik orolga urulganida u animatsiyalanadi, ochko yig'iladi. O'yin qiyinchiligi shundaki, koptok tezligi va soni ochko yig'ganingiz sari sari oshib boradi va siz koptokni o'zingizdan o'tkazib yubormasligingiz kerak.

Dasturchi so'zlariga ko'ra, o'yinda biroz kamchiliklar bo'lishiga qaramay, uning "kelajagi bor". Apple hali bunday o'yinlarning AppStore'ga joylanishiga ruxsat beradimi-yo'qmi noma'lum, lekin tez kunlarda iPhone 14 Pro modellarining dinamik oroli bilan bog'liq turli xil qiziqarli o'yinlar paydo bo'ladigan ko'rinadi. 

O'QING: Samsung hech qanday tugmalarsiz smartfon chiqarishi mumkin

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.