Bu smartfon DxOMark reytingida Xiaomi va OPPO’ning eng zo‘r flagmanlarini ortda qoldirdi!

  •   DiMaX
  •  1325
  •  21.04.2020 18:04

Bu smartfon DxOMark reytingida Xiaomi va OPPO’ning eng zo‘r flagmanlarini ortda qoldirdi!

Yaqinlargacha DxOMark reytingida Xiaomi Mi 10 Pro hamda Oppo Find X2 Pro modellari 124 ball bilan yetakchilik qilib kelayotgan edi. Huawei P40 Pro esa ulardan sezilarli darajada o‘zib ketdi – 128 ballik rekord! Shuningdek, u selfi-kamera bo‘yicha ham lider bo‘lgan.

O‘QING: Bu hamyonbop smartfon DxOMark testida Samsung’ni sharmanda qildi!

DxOMark mutaxassislari endi Huawei subbrendi namoyish etgan yangi flagman – Honor 30 Pro+ kamerasini ham imtihondan o‘tkazishdi. Uning foto suratga olish imkoniyatlari 136 ball, video olish sifati esa 125 ballga baholandi.

Shu tariqa, mazkur qurilma umumiy 125 ballik natija ko‘rsatib, Xiaomi va OPPO’ning yuqorida ta’kidlangan ikkita flagmanini ham ortda qoldirdi.

O‘QING: DxOMark’ni poraxo‘rlikda ayblashyapti: «xolis» baholashning bahosi qancha?

DxOMark mutaxassislari so‘nggi paytlarda tekshirgan smartfonlar natijalari va ayni paytdagi reyting cho‘qqisi mana bu skrinshotda aks etgan:

Quyida esa Honor 30 Pro+ modelining kamerasini baholab DxOMark laboratoriyasi tayyorlagan videorolikni ko‘ramiz:

Honor 30 Pro+ modelining boshqa xususiyatlarini mana bu xabarimizda ko‘rib chiqish, DxOMark’ning u haqidagi test tavsifi bilan esa ushbu havola orqali (inglizchada) batafsil tanishish mumkin.

O‘QING: Kutilmaganda hamyonbop Honor 9X Lite taqdim etildi, tag‘in Google servislari bilan!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.