Bu smartfonlardan iloji bo‘lsa foydalanmang!

Bu smartfonlardan iloji bo‘lsa foydalanmang!

Bugungi kunda hech bo‘lmagan 3-4 soat vaqtimizni smartfonda o‘tkazamiz. Smartfonlardan ko‘p foydalanish nafaqat qimmatli vaqtimizni o‘g‘irlaydi, balki, salomatligimizga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. BanklessTimes nashri bugungi kundagi o‘zidan eng ko‘p nurlanish chiqaradigan smartfonlar SAR (Specific absorption rate - Maxsus singdirish darajasi) ro‘yxatini taqdim qildi. Natijalar kilogramm boshiga vattlarda (Vt/kg) hisoblanadi.

Ro‘yxatga ko‘ra, Motorola Edge smartfonlari o‘zidan eng ko‘p radio to‘lqin chiqaruvchi smartfon sharafiga sazovor bo‘ldi. U o‘zidan bir pog‘ona pastdagi ZTE Axon 11 5G telefonidan 0,20 Vt/kg ko‘proq nurlanish chiqaradi. Top uchlik va o‘nlikni mos ravishda OnePlus 6T va OnePlus 6 smartfonlari tugatgan.

Sony'ning ham ikki smartfonlari SAR reytingida kuchli o‘ntalikka kirgan: Xperia XA2 Plus to‘rtinchi o‘rinda, Xperia XZ1 Compact sakkizinchi o‘rinda.

Top o‘nlikda eng ko‘p o‘rinlarni Goole smartfonlari egallangan. Pixel 3XL va Pixel 4a ketma-ket beshinchi va oltinchi o‘rinlarni egallagan bo‘lsa, Pixel 3 modeli to‘qqizinchi o‘rinda turibdi.

Shuningdek, Oppo'ning Reno5 5G smartfoni o‘zidan eng ko‘p elektromagnit to‘lqinlari chiqaradiganlar ro‘yxatida oltinchi o‘rinni band qilgan.

Shuni ta’kidlash kerakki, barcha mobil telefonlar o‘zidan ma’lum darajada radiatsiya chiqaradi. Ammo ularning qanchalik ko‘p nurlanish chiqarishi qurilma va model turi, uning yoshi va uzatuvchi antennaning kuchi, shu bilan birga eng yaqin uyali aloqa minorasi masofasi kabi omillarga bog‘liq.

Bugungi kunda smartfonlardan chiqagan radio to‘lqinlarning odamlarga zarar yetkazishi haqida hech qanday dalil yo‘q, lekin ular saraton xavfini oshirashi mumkin.

O‘QING: MediaTek Dimensity 1300 chipi taqdim etildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!