Bu smartfonsoz Samsung, Apple, Huawei va Xiaomi’ni ortda qoldirib, rekord o‘rnatdi!

  •   DiMaX
  •  983
  •  06.08.2021 09:56

Bu smartfonsoz Samsung, Apple, Huawei va Xiaomi’ni ortda qoldirib, rekord o‘rnatdi!

Yosh kompaniyalardan biri – Realme dunyodagi eng tez o‘sib smartfon brendi sifatida e’tirof etildi. Strategy Analytics tahlil kompaniyasi taqdim etgan ma’lumot shundan dalolat bermoqda.

O‘QING: TOP-10: Hamyonbop smartfonlarning eng zo‘rlari (AnTuTu reytingi, 2021 yil iyul)

Asos solinganidan keyingi uch yil ichidayoq Realme dunyo bozoriga 100 milliondan oshiq smartfon yetkazib berdi. Bunaqa o‘sish tempi bilan na Samsung, na Apple, na Huawei va na Xiaomi maqtana olmaydi. Yuz millionta smartfon sotish uchun bu to‘rtta gigantga 40 oydan to 72 oygacha vaqt kerak bo‘lgan.

Realme’ning bu muvaffaqiyatida Xitoy va Hindiston smartfon bozorlari asosiy rolni o‘ynagan.

Adolat yuzasidan aytib o‘tish kerakki, hozirgi zamonda 100 millionta smartfon sotish o‘n yil avvalgidan birmuncha oson. Ehtimol, yana qirq yillardan keyin bu marrani egallash uchun bir yil ham kifoya qiladigan bo‘lib qolar.

O‘QING: Realme smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, iyul)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!