Bu smartfonsoz Xiaomi va Apple'ni ham ortda qoldirdi

Bu smartfonsoz Xiaomi va Apple'ni ham ortda qoldirdi

China Daily nashri CINNO Research tadqiqot kompaniyasining Xitoy smartfon bozori borasidagi tahlili natijalarini e’lon qildi. Raqamlar yangi yetakchilardan birini ko‘rsatmoqda. Huawei'dan yangi ajralib chiqqan Honor kompaniyasi o‘z vatanida iyul oyida 4 million smartfon sotib, Xiaomi (3,9 million) va Apple'ni (3 million) ortda qoldirdi.

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (34-hafta)

5,6 mln smartfon yetkazib bergan Oppo yetakchilikni saqlab qolgan bo‘lsa, 5,3 mln qurilmasi bilan vivo ikkinchilikni band etdi. Holbuki, yillik asosda ortda qolgan iyul oyi voqealarga boy bo‘lmadi. Xitoyda oy davomida faqat 26 xil yangi model bozorga chiqarildi. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 38,1% lik pasayishdir. Yangi smartfonlarning faqat 11 tasi 5G'da ishlaydi.

Xitoylik kompaniyalar iPhone'ga raqib sifatida yaqin orada yangi smartfonlar chiqaradi.

Honor Magic3 • Honor Magic3 Pro

5G haqida so‘z borar ekan, smartfonsozlar chiqargan qariyb 29 million dona smartfonning 23 millionga yaqini keyingi avlod aloqasini qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon ishlab chiqarish ko‘rsatkichi 28,6% ga oshgan bo‘lsa, 5G bozori 79,6% ga o‘sdi.

Mamlakatdagi 5G'da ishlaydigan qurilmalar soni 400 millionga yaqinlashib qoldi. Bu esa AQSh va Yevropadagi smartfon foydalanuvchilari sonidan ko‘proqdir.

O‘QING: Xiaomi 12: 2022 yilgi Xiaomi flagmanidan kutayotgan 6 jihatimiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!