Bu virus pandemiya paytida naq $25 000 000 o‘g‘irladi!

  •   DiMaX
  •  499
  •  10.08.2020 08:26

Bu virus pandemiya paytida naq $25 000 000 o‘g‘irladi!

Koronavirus pandemiyasi nafaqat texnologiyalar olamiga, balki xakerlar faoliyatiga ham katta ta’sir o‘tkazdi. Ular hozir ikki turga ajralgan: birinchi toifadagilar pandemiya ortidan boyib qolishni o‘ylashsa, ikkinchi turdagilar bunday vaziyatdan g‘araz maqsadda foydalanishmayapti.

O‘QING: «O‘zavtosanoat» saytiga xakerlar hujum qilishdi

Hozirda ko‘pchilik masofadan ishlash rejimiga o‘tganligi bois, xakerlar ham uy kompyuterlari va noutbuklarga hujumlarni oshirishgan. McAfee kompaniyasining ma’lum qilishicha, keyingi paytda eng «kuchaygan» yo‘nalishlardan biri kriptojeking (maxfiy mayning) ekan.

Bundan tashqari, internetda tovlamachi dasturlar soni ham oshgan va ularning qurbonlari ko‘p. Jumladan, NetWalker nomli tovlamachi dastur ortida turgan xakerlar guruhi so‘nggi 5 oyning o‘zidayoq 25 million AQSh dollari miqdorida boshqalarning mablag‘larini qo‘lga kiritgan.

«2020 yilning 1 martidan 27 iyuligacha NetWalker bilan bog‘liq manzillar bo‘yicha amalga oshirilgan tranzaksiyalarni kuzatish orqali aniqlangan bitkoinlarning umumiy miqdori 2795 BTC’ga teng. Mazkur kriptovalyutaning amaldagi kursi bo‘yicha hisoblaganda, firibgarlar jami 25 million dollarni o‘g‘irlashgan», deydi antivirus dasturi jamoasi.

Shu bilan birga, NetWalker mualliflari tinch o‘tirishgani yo‘q – ular tranzaksiyaning bir ondyoq avtomatik tarzda amalga oshuvini ta’minlovchi takomillashgan mexanizm ishlab chiqishgan. McAfee ekspertlarining ta’kidlashlaricha, bu holat o‘sha xakerlarning yuqori darajada professional ekanliklaridan dalolatdir.

O‘QING: TOP-10: O‘zbekistondagi kiberxavfsizlik ta’minlangan tashkilotlar

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!