Bu yangi dastur koronavirusni yo‘tal orqali aniqlaydi!

  •   DiMaX
  •  437
  •  13.03.2021 12:03

Bu yangi dastur koronavirusni yo‘tal orqali aniqlaydi!

Buyuk Britaniyaning Esseks universiteti olimlari odamda koronavirus borligini yo‘tal ovozi bilan aniqlaydigan dastur yaratdilar. Bu haqda The times nashriga asoslanib Xabar.uz yozmoqda.

O‘QING: Koronavirus tufayli O‘zbekistonda umuman kutilmagan ijtimoiy tarmoq 1-o‘ringa chiqdi! (+infografik video)

DeepCough3D deb nomlangan dastur sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan. Ilova allaqachon Ispaniya va Meksikadagi shifoxonalarda yo‘talayotgan odamlarning deyarli 8,4 ming audio yozuvlarida sinovdan o‘tkazilgan. Loyiha mualliflari o‘zlarining dasturlari odamda koronavirus mavjudligini yoki yo‘qligini 98 foiz hollarda to‘g‘ri aniqlagan deb da’vo qilmoqdalar.

Ishlab chiquvchilarning fikriga ko‘ra, DeepCough3D oddiy yo‘tal va koronavirus sabab bo‘lgan yo‘tal o‘rtasidagi farqni seza oladi. Olimlarning ta’kidlashicha, inson eshitish qobiliyati bu farqlarni his etish imkoniyatiga ega emas.

Ilova, shuningdek, odamning koronavirus bilan qanchalik darajada kasalligini aniqlashni ham biladi.

O‘QING: Bill Geytsning koronavirus pandemiyasiga qanday aloqasi bor? Bunga o‘zi javob berdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!