Bu yangi flagman barchani «changida qoldirdi»! (AnTuTu reytingi, 2020 yil oktyabr)

  •   DiMaX
  •  1359
  •  04.11.2020 13:39

Bu yangi flagman barchani «changida qoldirdi»! (AnTuTu reytingi, 2020 yil oktyabr)

Boyagina biz eng zo‘r iPhone va iPad’lar bo‘yicha Antutu servisi taqdim etgan reytingni e’lon qilgan edik. Mazkur benchmark, shuningdek, oktyabrdagi tekshiruvlarga ko‘ra eng kuchli Android-smartfonlar ro‘yxatini ham ma’lum qilgan.

O‘QING: Benchmarkda bu yangi smartfon Xiaomi’ning eng zo‘r superflagmanini ham tor-mor etdi!

Oktyabr oyining oxirlarida yangi Huawei Mate 40 smartfoni taqdim etilgan, shuningdek, yanada ilg‘or fotoflagmanlar – Mate 40 Pro hamda Mate Pro+ ham namoyish qilingan edi. JD maydonchasi orqali bu smartfonlar 11 soniya ichidayoq sotib tugatilgan va Huawei shuning sharafiga dronlar yordamida shou uyushtirgan.

Xullasi kalom, xitoyliklar tomonidan oktyabr oyida AnTuTu benchmarkida tekshirib ko‘rilgan eng zo‘r smartfon shu Huawei Mate 40 Pro bo‘lib chiqdi. Kirin 9000 protsessorli ushbu flagman unda 685 339 ballik natija ko‘rsatdi.

Ko‘rib turganingizdek, kuchli uchlikka Qualcomm Snapdragon 865 protsessorli iQOO 5 Pro hamda iQOO 5 geymerofonlari kirgan. Vivo kompaniyasi 17 avgust kuni o‘zining o‘yinbop brendi ostida taqdim etilgan ushbu modellar bilan o‘tgan oyda AnTuTu reytingini ostin-ustun qilib yuborgan edi.

Kuchlilar reytingida keyingi pog‘onalarni tegishlicha Vivo X50 Pro Plus, Redmi K30S, Xiaomi Mi 10 Ultra (Mi 10 Extreme Commemorative Edition), ROG Phone 3, Black Shark 3S hamda OPPO Find X2 Pro flagmanlari band etgan.

Yaqin orada bu reytingga o‘zgarish kirishi ham mumkin, chunki...

O‘QING: AnTuTu’da rekordchisini Samsung keyingi haftadayoq namoyish qiladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!