Bu yil chiqadigan iPhone SE Plus: dizayni, xususiyatlari va narxi

  •   DiMaX
  •  2139
  •  26.01.2021 12:57

Bu yil chiqadigan iPhone SE Plus: dizayni, xususiyatlari va narxi

Apple korporatsiyasi 2021 yilda chiqarishi kutilayotgan smartfonlar orasida iPhone SE 3 ham bor va uni eng ideal hamyonbop ayfon bo‘ladi, deyishmoqda. Shu bilan birga, bulturgi iPhone SE 2020 modelining Plus-versiyasi ham chiqishini ko‘plab insayderlar aytishgan.

O‘QING: Apple bosh aksioneri ham, nihoyat, Samsung tugmachali telefonini tashlab iPhone oldi, lekin...

iPhone SE Plus smartfonining asosiy xususiyatlar haqida aaple_lab nikli insayder ma’lumot tarqatli. Unga ko‘ra, mazkur smartfonning tashqi ko‘rinishi iPhone XR dizaynida bo‘lib, 6.1 dyuymlik IPS-displey bilan taqdim etiladi.

Garchi ekrani tepasida ham kemtik bo‘lsa-da, iPhone SE Plus modelida Face ID qo‘llanmaydi. Uning o‘rniga korpusning yon qirrasida Touch ID datchigi bo‘ladi.

Insayderning so‘zlariga qaraganda, iPhone SE Plus modelining «elektron yuragi» sifatida Apple A14 yoki A13 protsessori tanlanishi mumkin. Uning asosiy kamerasi 13, old kamerasi esa 7 megapiksellik yakka datchiklardan iborat.

Smartfonning korpusini IP67 standartiga ko‘ra suvdan himoyalashmoqda. Apple uni uch xil rangda, 499 AQSh dollaridan (Yevropada esa – 589 yevrodan) sotmoqchi.

O‘QING: Eng tez va eng sekin arzonlashuvchi smartfonlar: qaysilarining narxi ikki karra tez pasayadi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!